SportUz.Net
photo photo

Boyligini bekorga sovurib yuborgan sportchilar TOP-5

12.10.2022 10:34    


Rasmni yuklab olish

Hamma narsaga chidamli sportchilar ham o'z nafslari oldida ojizdir.

1. Mayk Tayson va uning Bengal yo'lbarslari. (Boks)

Afsonaviy bokschi hech qanday sababsiz uchta Bengal yo'lbarslarini sotib oladi. U sotib olgan yo'lbars bolasining narxi 70 000 dollar(bitta yo'lbarsning narxi) va oyiga ularni boqish uchun har biriga taxminan 4 000 dollar kerak bo'lgan. Natijada Mayk noodatiy uy hayvonlarini sotishga majbur bo'ladi.


2. Bir vaqtning o'zida uchta "Bentley" avtomobili va pul solingan bochkalar.(Basketbol)
SHakil OʼNill faqat sportdagi faoliyati orqali 292 million dollarga yaqin pul ishlab topgan. U pullarini nimaga sarflashni bo'lmay birdaniga uchta "Bentley" sotib oladi va shunday vaqtlar ham bo'ldiki, OʼNill pullarini bochkada, o'z yotoqxonasida saqlagan.


3. Jek Klark va uning avtomobillari.(Beysbol)

O'zining professional faoliyati davomida Klark 15 million dollardan ortiq pul ishlab topgan. Ammo, 1992 yilda u bankrotga uchraydi. Uning bu holga tushishiga sabab — qimmatbaho mashinalarga ishtiyoqi bo'lgani. U birdaniga 18 ta qimmatbaho avtomobilni sotib olgan.


4. Gilbert Arenas akvariumi.(Basketbol)

Akulalarga atalgan akvariumni qurish uchun 1 million dollar sarflangan. Arenas tishli uy hayvonlarini parvarish qilish uchun oyiga 6,5 ming dollar miqdorida pul sarf qilgan. Bundan tashqari ularning eguligi uchun 5 ming dollar va qarovchiga 1,5 ming dollar pul ketgan.


5. Krossovka "jinnisi" Jarret Jek.(Basketbol)

2013 yilda basketbolchining kollekciyasida 1,5 mingdan ortiq krossovka bo'lgan. Jarrett buning uchun 375 ming dollardan ortiq pul sarflagan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: