UYEFA Yevropa ligasining 1/16 final bosqichi dastlabki o‘yinlari yakuni bo‘yicha haftaning eng yaxshi futbolchisi nomini e’lon qildi.
Ushbu sovrin «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandeshga nasib etdi. 26 yoshli futbolchi «Real Sosyedad»ga qarshi bahsda (4:0) dublga erishdi.
Fernandesh haftaning eng yaxshi futbolchisi unvoni uchun kurashda «Tottenxem» yarim himoyachisi Garet Beyl, «Xoffenxaym» hujumchisi Munas Dabbur va «Dinamo Zagreb» forvardi Bruno Petkovichni ortda qoldirdi.
UFC on ESPN 69 turniri jangchilari taroziga chiqdi. Usman va Bakli bir xil vazn ko'rsatdi
Mahmud Muradov ertangi jangi oldidan tajribali raqibi bilan yuzma-yuz keldi (VIDEO)