«PSJ» hujumchisi Lionel Messi Fransiya chempionatining 8-turi doirasida «Lion»ga qarshi bo‘lib o‘tgan bahsdagi yagona gol muallifiga aylandi. Argentinalik futbolchi uchun mazkur gol, penaltilarni hisobga olmaganda, faoliyati davomida rasmiy o‘yinlarda urgan 672-goli bo‘ldi.
Scoreboard Survey Tvitter sahifasi xabar tarqatishicha, 35 yoshli futbolchi mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha shu paytgacha «Manchester Yunayted» forvardi Krishtianu Ronaldu va afsonaviy Pelega tegishli bo‘lib turgan rekordni yangiladi. Penaltilardan kiritilgan to‘plarni chiqarib tashlanganda bu ikkisi hisobidagi gollar soni 671ta tashkil etadi.
Shuningdek, Messi mazkur natijaga Ronalduga nisbatan 150ta o‘yin kamroq o‘yinda ishtirok etib erishdi.
Leo joriy mavsumda "PSJ safida barcha musobaqalar doirasida 11ta o‘yinda ishtirok etib, 6 gol va 8 assist muallifiga aylandi.
O'n ikki nafar aralash yakkakurash ustamiz MMA bo'yicha jahon chempionatining finalida
O'n bir nafar aralash yakkakurash ustamiz MMA bo'yicha jahon chempionatining finalida