«PSJ» hujumchisi Neymar Fransiya chempionatining 8-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Lion»ga qarshi o‘yinda urilgan yagona golga assistentlik qildi.
Braziliyalik futbolchi Liga-1'ning joriy mavsumida "gol+pas" tizimi bo‘yicha 15 ball to‘pladi — 8 gol va 7 assist. Neymar Fransiya chempionatining 8-turidan so‘ng ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha XXI asrda eng yaxshi natija qayd etgan futbolchiga aylandi.
«PSJ» 22 ochko bilan chempionatda peshqadamlik qilmoqda. «Lion» esa 13 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda.