SportUz.Net
photo photo

Toni Fergyusonning davri tugadi(mi)? Ketma-ket besh mag'lubiyat - sharmandalik

17.09.2022 20:00    


Rasmni yuklab olish

Neyt Diazga gap yo'q. U o'z qoidalariga ko'ra UFC'dagi faoliyatini yakunladi.

UFC 279 turnirini MMAning tirik afsonalari bo'lgan Neyt Diaz va Toni Fergyuson o'rtasidagi jang yakunlab berdi. Agar Xamzat CHimaev o'zining ortiqcha 3,5 kg vazni bilan hamma narsani o'zgartirib yubormaganida, Diaz “Borz” bilan, Fergyuson esa CHimaevning sobiq raqibi Li Jinliangga qarshi oktagonga ko'tarilgan bo'lardi. Neyt Diazning so'zlariga ko'ra, matchmeykerlar ancha oldin o'tkazilishi kerak bo'lgan va hamma kutib yurgan uchrashuvni tashkillashtirdilar.

Diaz besh raundlik jangga tayyorgarlik ko'rgan bo'lsa ham, "El Kukuy" xitoylik bilan uch raund jang qilishi kerak edi. Toni oxirgi to'rtta jangida mag'lub bo'lib katta tanazzulga uchraganiga qaramasdan, qog'ozda favoritligicha qoldi. Neyt esa so'nggi to'rtta jangdan uchtasida mag'lubiyatga uchraganiga qaramasdan u barcha kurashlarida raqobatbardosh janglar o'tkazdi. Uni mag'lub qilganlar ro'yxatida top jangchilar: Konor Makgregor, Xorxe Masvidal va amaldagi UFC chempioni Leon Edvards bor.



Toni-Neyt bahsi bir scenariy bo'yicha davom etdi. Jang bir tomonlama zarbalar bilan past tempda boshlandi. Fergyuson Diazga qarshi lou-kik usulida kurashni boshladi, lekin bahs boshlanganiga bir yarim daqiqa bo'lganda "El Kukuy" oyog'idan jarohatlandi. Neyt oxirgi besh daqiqada ketma-ket zarba berishni boshladi va shu harakatlari sabab raundni o'zining foydasiga hal qildi. Ikkinchi raund ham xuddi birinchisidek bo'ldi. Fergyuson oyoqlari, Diaz esa qo'li bilan hujum qilishga o'tdi. Biroq, "El Kukuy" engilishni boshladi. Raundning oxirgi daqiqasiga kelib Fergyuson ko'zining yonidan jarohatlandi. Hammasi yanada yomonlashdi. Toni Diazning zarbalarini qaytara olmay qoldi, natijada uning hujumidan qochishni boshladi. Ammo Neyt buni jangni davom ettirishga qarshi bo'layotgan holatga aylantirib yubordi. Fergyuson tiz cho'kmadi, kanvasda ham yotib qolmadi. SHunga qaramasdan, ular bir-birlariga etarli darajada hurmat ko'rsatishdi.


SHuningdek, bu endi qonxo'r Toni Fergyuson emasligi ham hammaga ayon edi. Buning o'rniga biz "El Kukuy"ning yumshoq versiyasini ko'rdik. To'rtinchi raundda Diazning ustunligi yaqqol ko'zga tashlana boshlandi, shu sababli Toni umidsiz qadamlar bilan jangni boshladi. Neyt unga qarshi «gilotin» usulini qo'lladi, natijada hakam Mark Goddart aralashishga majbur bo'ldi va shu tariqa hammasini yakunlandi.

SHu tariqa, Neyt Diaz Fergyusonni mag'lub qildi va o'z qoidalari asosida UFC'dagi faoliyatini yakunladi. Toni esa nihoyat jangchi sifatida tugagani ko'rsatdi. Diviziondagi top 15 talikka ham kirmagan birorta jangchiga qarshi hech bir bahsni o'zining foydasiga hal qila olmadi. Hammasi bo'lib "El Kukuy" ketma-ket beshta mag'lubiyatga uchradi. Bu chalkashlik emas, balki hammasi yakunlanganini ko'rsatadi. Toni, sharmandalikni davom ettirishning nima keragi bor?



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: