SportUz.Net
photo photo

Aleksandr Usik va Tayson Fyuri jang qilishlari shart: Ular tarixni yangilashlari mumkin. Superog'ir vazn toifasida to'rtta chempionlik kamarini birlashtirgan bokschi hali bo'lmagan

08.09.2022 18:00    


Rasmni yuklab olish

Aleksandr Usik va Tayson Fyuri jang qilishlari shart: Ular tarixni yangilashlari mumkin.Superog'ir vazn toifasida to'rtta chempionlik kamarini birlashtirgan bokschi hali bo'lmagan

Qirollik divizionidagi holat

2022 yilning asosiy jangi (hozirgi vaqtgacha) hakamlar qarori bilan yakunlandi. Endi ukrainalikning yana bir tarixiy natijani ko'rsatishi uchun WBC kamariga ega bo'lishi lozim.

U bu muvaffaqiyatga erishishi uchun Tayson Fyurini engishi kerak.

Usikning fikricha, Taysonga qarshi jang qilish ahamiyatli. Fyuri ham tayyor, lekin bu qimmatga tushishi ham takidlayapti

Joshua ustidan qozonilgan ikkinchi g'alaba Usikni yanada yuqori darajaga ko'tardi. Hozirgi vaqtda u WBA Super, WBO, IBF, IBO unvonlariga, shuningdek, mashhur The Ring jurnali kamariga ham egalik qilmoqda. Ulardan uchtasi WBA Super, WBO, IBF alohida ahamiyatga ega. Ogir vazn toifasidagi mutlaq chempion bo'lish uchun Usikka ayni paytda Tayson Fyurida bo'lgan WBC unvoni etishmayapti. Aleksandr Taysonga qarshi ringga ko'tarilish bilan bunga echim topish mumkin deb hisoblaydi.

Aleksandr jangdan keyin «Fyuri? Ishonchim komil, u hali ketgani yo'q va men bilan jang qilishni istashiga ham ishonaman. Men ham u bilan kurashishni xohlayman. Yoki Tayson Fyuri bilan jang qilaman, yoki boshqa hech qachon jang qilmayman »,- dedi.

Fyurining chempionligi 2020 yildan beri davom etmoqda, shuningdek, Tayson bir nechta yaxshi himoya janglarida ishtirok etdi. SHu bilan birga, «lo'lilar qiroli»da kelajakka nisbatan o'zgaruvchan dunyoqarash ham bor. Tayson bazida faoliyatini yakunlaganini malum qiladi, bazida esa Konor Makgregor uslubida qaytishini elon qiladi. SHunga o'xshash voqea sodir bo'lganiga ham bir oydan kamroq vaqt bo'ldi. Go'yoki, Fyuri qaytib kelganday bo'ldi va Derek CHisora bilan uchinchi jangini elon qildi, ammo bir kundan keyin yana tatilga chiqqanini malum qildi. Biroq u o'zining dam olish kunlarida Usikning Joshua ustidan qayta g'alaba qozonganini jim kuzatib tura olmadi va ijtimoiy tarmoqdagi videosida:

«Joshua qanday qilib Usikka ikkinchi marta mag'lub bo'lganini ko'rdim. Bu uning kuchidan yuqori edi. Angliya o'z unvonini yo'qotdi, ammo men taklif qila oladigan echim va imkoniyat bor. Agar titulingizni qaytarib olishni xohlasangiz, «lo'lilar jangchi»sini yuboring. Meni bu ukrainalik «bomj»ni kamarlaridan mahrum qilaman. Oxirgi marta ukrainalik «bomj»ni qanday holga solgan bo'lsam, bu ham xuddi shunday bo'ladi.

Biroq bu sizga biroz qimmatga tushadi. Agar buni ko'rishni istasangiz, to'lashingiz kerak. Narx ham yuqori bo'ladi, shuning uchun chek varaqlaringizni tayyorlang. Men ukrainalikni kamarlaridan mahrum qilaman.»-deb aytgan.

WBC chempioni nafaqat Usikka, balki Joshuaga ham «tosh» otdi.

SHuningdek, Fyuri «Men sizlarga rostini aytsam: ularning ikkisi ham ahmoq. Bu ko'rgan chempionlik janglarim ichida eng yomoni bo'ldi. Men ularni bir kechada yo'q qilaman.»-degan fikrlarni qo'shgan.

Og'ir vazn toifasidagi so'ngi mutlaq chempion 2000 yillarda Lennoks Lyuis bo'lgan. Biroq u vaqtda buni bor yo'g'i uchta kamar bilan qo'lga kiritish mumkin edi

Bu jangdan nimani kutishimiz mumkin? Uslub jihatdan olib qaralsa, Usik uchun dahshatli tush. Fyurida Entonining kamchiliklari yo'q. Britaniyalik mahorat bobida Aleksandrdan qolishmaydi, shuningdek, uning katta qo'llari bilan tezkor va aniq zarba berishi ham bor. Zarba masofasini hal qilish Usik uchun haqiqiy muammo bo'lishi mumkin. Aql bilan g'alaba qozonish, shunchaki Fyurining o'yin rejasini buzish yoki tezkor hujum orqali charchatib uni engish esa ish bermaydi. CHunki Tayson Uaylder bilan bo'lgan birinchi jangda chempionlik yuragini va janchi ruhini ko'rsata oldi, shu bilan birga uning raqibiga qarshi ko'rsatadigan ruhiy holati ham juda kuchli.

Taysonni nakoutga uchratib bo'lmaydi, masofani saqlab kurashish imkonsiz, ulkan Fyurini klinch usulida engish to'g'ri qaror emas. SHu sababli Usikda g'alaba qozonish imkoniyati kamroq. Faktlarga tayangan holda qaralsa, Aleksandrda masofani saqlagan holda kurashib ochko to'plash yo'li qoladi, xolos. Bazilar esa Usikni umuman hisobdan o'chirib, eng yaxshi holatdagi munosib mag'lubiyatni bashorat qilishmoqda. Umuman olganda, Aleksandr va uning murabbiylar shtabi o'yin rejasi haqida juda qattiq o'ylashi kerak.

Bunday tavakkal nega kerak? Agar g'alaba Tayson Fyuri tomonida bo'ladigan bo'lsa, Usikni tirik afsonaga aylantiradigan tasodifiy muvaffaqiyat xavf ostida qoladi. Og'ir vazndagi so'ngi mutlaq chempion 2000 yilda Lennoks Lyuis bo'lgan. Biroq u vaqtda bunga bor yo'g'i uchta titul: WBC, WBA, va IBF'ni qo'lga kiritish orqali erishish mumkin edi. 2007 yildan boshlab mutlaq chempionlik uchun to'rtinchi titul WBO ga egalik qilish ham qo'shildi va shundan beri barcha unvonlarni birlashtirish yanada qiyinlashdi. Oradan 15 yil o'tdi, lekin dunyo hali buni uddasidan chiqqan jangchini ko'rmadi.

Joshua nima qilmoqchi? Deontey Uaylderga qarshi jangni tashkillashtirishga harakat qilayotganday

Ketma-ket ikkinchi marta mag'lubiyatidan so'ng Joshuaning holatida bu oson emas. Revansh hakam qarori bilan hal qilingan bo'lsa-da, ikkala natijada ham hech qanday savollar yo'q. Joshuaga bir yil Usikka qarshi tayyorlanishga etmadi, natijada uning fonida yorqinligini yo'qotdi. Entonining muxlislari kamaydi, bu xuddi Deontey Uaylder va Fyuri bilan bo'lgan trilogiyadadek yana sodir bo'ldi. Joshua va Uaylder OAVda mashhur. Hozir eng yaxshi variant-qaytish va muxlislar orasida shov-shuv ko'tarib, yuqori darajada mahorat ko'rsatish uchun yana bir bor imkoniyatga ega bo'lish.

Dillian Uayt bilan jang ham Joshuaga yaxshi imkoniyat bo'lishi mumkin. Oxirgi jangida kamarini boy bergan Uayt so'ngi uchta jangida 1:2 hisobidagi yomon natijaga ham ega. Bu jangning sobiq chempion uchun ahamiyatli tomoni -Uayt Usikka qaraganda Joshuaning kuchi etadigan darajada. Bunda ajoyib chiqish qilib hech bo'lmaganda yana muxlislarning ko'ziga jozibadorligini ko'rsatishga yaxshi imkoniyat bo'la oladi.

Har qanday holatda ham, britaniyalik mashg'ulotlarini va o'zining jangga tayyorgarligini qayta ko'rib chiqishi lozim. CHunki, Usik Entonining hamma kamchiliklari va zaif tomonlarini ko'rsatib berdi, endi bokschi buni tuzatishi uchun ko'p mehnat qilishi va yangi chempionlik bosqichiga erishishga harakat qilishi kerak. SHuningdek, Joshuaning 32 yoshga to'lgani hisobga olinsa, bu og'ir vazn toifasidagilar uchun kech emas va unda hali vaqt bor.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: