SportUz.Net
photo photo

Muhammad Saloh ketma-ket 6 mavsumdan beri APL 1-turida gol urmoqda

07.08.2022 10:31    


Rasmni yuklab olish

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh Premyer Liga 1-turi doirasida kechgan «Fulhem»ga qarshi o‘yinda (2:2) gol urishga erishdi.

Misrlik futbolchi APLda qatorasiga oltinchi marta mavsumning dastlabki o‘yinida gol urdi.

2017/18 yilgi mavsumdan 2019/20 yilgi mavsumga qadar bitta gol urgan Saloh, 2020/21 yilgi mavsum startida het-trik qayd etgan. Keyingi ikki mavsumning 1-turida ham bittadan gol urgan. Umumiy — 8 ta.

Muhammaddan tashqari Alan Shirer, Ueyn Runi va Frenk Lempard ham 1-tur o‘yinlarida 8 tadan to‘p kiritgan. Bu Premyer liga tarixidagi eng yaxshi natija hisoblanadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: