UYEFA Yevropa chempionlar ligasining joriy haftadagi o‘yinlari asosida ramziy jamoani e’lon qildi. "Fantasy Football" o‘yinida ko‘p ball to‘plagan futbolchilar ushbu jamoadan o‘rin olishdi.
Undan "Liverpul"ning 6 nafar o‘yinchisi joy olishdi. Hujum juftligi esa Kilian Mbappe va Erling Xolanddan iborat bo‘ldi.
YECHL. Hafta ramziy jamoasi:
Darvozabonlar: Alisson Beker («Liverpul») — 6 ochko.
Himoyachilar: Endryu Robertson («Liverpul») — 7 ochko, Ozan Kabak («Liverpul») — 7 ochko, Trent Aleksander-Arnold («Liverpul») — 7 ochko.
Yarim himoyachilar: Mahmud Daud («Borussiya» Dortmund) — 10 ochko, Sadio Mane («Liverpul») — 8 ochko, Muhammad Saloh («Liverpul») — 9 ochko, Suso («Sevilya») — 8 ochko, Federiko Kyeza («Yuventus») — 8 ochko.
Hujumchilar: Kilian Mbappe («PSJ») — 14 ochko, Erling Xoland («Borussiya» Dortmund) — 12 ochko.
Oliveyra: "Topuriya - men jang qilganlar orasida eng qattiq zarba beruvchi sportchi"
"Undan rekordidagi nolni olib qo'ymoqchiman". Volkanovski Evloev bilan jangga tayyor
Pimblett nima uchun Topuriya bilan jangga loyiq ekanligini aytdi va Maxachevni misol keltirdi