SportUz.Net
photo photo

Minglab yurtdoshlarimizni birlashtirgan “Yangi nafas” yugurish musobaqasidan JONLI FOTOREPORTAJ

26.06.2022 15:34    


Rasmni yuklab olish

Bugun, 26 iyun kuni mamlakatimizning sakkizta shahrida bir vaqtda, Yoshlar kuni va Xalqaro Olimpiya kuniga bag'ishlangan “Yangi Nafas” yugurish musobaqalari bo'lib o'tdi.

“Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz” shiori ostida Toshkent, CHirchiq, Guliston, Farg'ona, Namangan, Jizzax, Samarqand va SHahrisabzda 25 ming nafardan ziyod ishtirokchi “Yangi Nafas” yugurish bahslarida ishtirok etdi.

“Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi bugungi tadbirning bosh dasturi bo'ldi. Unda nafaqat sog'lom atletlar, balki imkoniyati cheklangan hamyurtlarimiz ham 3 km masofaga kechgan do'stona poygada o'z omadini sinab ko'rishdi. 

Tadbirda Osiyo Olimpiya kengashi vice-prezidenti Otabek Umarov, O'zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikromov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Milliy Paralimpiya qo'mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjaev, Yoshlar ishlari agentiligi, O'zbekiston engil atletika federaciyasi rahbariyati, minglab sportsevar hamshaharlarimiz, o'zbek sportining taniqli yulduzlari va poytaxtimiz mehmonlari ishtirok etishdi.

Ochilish marosimida so'z olgan rasmiylar Prezidentimiz tashabbusi bilan nishonlanayotgan va hozirda milliy bayramlarimiz orasida munosib o'rnini topgan Yoshlar kunining mana shunday sport bayrami bilan tashkil etilishi mamlakatimizda sog'lom turmush tarzi targ'ibotini yanada kuchaytirish, yoshlarimizni sportga keng jalb qilishda muhim ahamiyat kasb etishiga urg'u berishdi. 

SHuningdek, Xalqaro Olimpiya qo'mitasi prezidenti Tomas Baxning Olimpiya oilasiga yo'llagan murojaati tadbirning etiborli qismlaridan bo'ldi.  

SHundan so'ng poygaga rasman start berildi. Qayd etish joiz, bu tadbir nafaqat poytaxtimiz, balki Respublikamiz bo'ylab CHirchiq, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, SHahrisabz, Namangan, Farg'ona shaharlarida ham bir vaqtda o'tkazildi. Har bir shaharda 2 mingdan ziyod o'g'il-qizlar sog'lom turmush tarzi targ'ibotiga o'z hissalarini qo'shishdi.  

Murosasiz poyga yakunida sovrindorlar quyidagicha ko'rinish oldi: 

Erkaklar: 

1. SHahram Abdurahmonov (O'zDJTSU)

2. Javohir Xoliqberdiev (Qurolli kuchlar akademiyasi)

3. Maruf Hamroqulov (O'zDJTSU) 


Ayollar: 

1. Angelina Nasibullina (CHilonzor tuman BO'SM)

2. Ozoda Yondosheva (O'zMU)

3. Ziyodabonu Madlatipova (Toshkent stomatologiya instituti)

SHuningdek, poyganing eng yosh va eng keksa ishtirokchilari ham alohida taqdirlanishdi. SHundan so'ng estradamizning yorqin vakillari ijrosidagi kuy-qo'shiqlar tadbirga mantiqiy yakun yasab berdi.

Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: