SportUz.Net
photo photo

Jokovich va Nadal o'rtasida navbatdagi finalni ko'ramizmi? "Uimbldon-2022"ni tomosha qilish uchun 10 sabab

26.06.2022 10:00    


Rasmni yuklab olish

Mavsumning uchinchi "Ulkan Toj" turniri boshlanishiga oz fursat qoldi.

Mavsumning uchinchi “Katta Dubulg'a” turniri ananaviy tarzda iyun oyining oxirgi dushanbasi – 27 iyunda boshlanib, 10 iyulga qadar davom etadi. 


"Uimbldon-2022" rossiyalik va belaruslik tennischilarsiz o'tadi

2022 yilda “Uimbldon” tashkilotchilari qarori bilan rossiyalik va belaruslik sportchilarning diskvalifikaciyasi tufayli bir qator kuchli tennischilar bu turnirni o'tkazib yuborishadi. Ha, jahonning birinchi raketkasi Daniil Medvedevni chempionlik uchun davogarlar ro'yxatidan albatta topa olmaysiz.

ATR va WTA associaciyalari tennischilarning chetlatilishiga qarshi chiqdi va sankciyalar qo'lladi. Bu yil "Uimbldon" o'yinchilarga reyting ochkolarini taqdim etmaydi, bu esa ishtirokchilar motivaciyasiga salbiy tasir qilishi mumkin. Ammo tennischilar shunda ham "Ulkan Toj" turniri degan nom uchun ham kurash olib borishadi. 

Rekord darajadagi mukofot jamg'armasi

Bunday sharoitda musobaqa tashkilotchilari ishtirokchilarga beriladigan mukofotlardan ham ayirmay, tarixdagi eng yuqori mukofot jamg'armasini elon qilishdi. 2019 yilda sovrin jamg'armasi 38 million funt sterlingni tashkil etgan bo'lsa, 2021 yilda koronavirus pandemiyasidan keyin bu raqam 35 million funt sterlingga tushdi. 2022 yilda u avvalgi barcha ko'rsatkichlardan oshib ketdi - 40,35 million funt sterling. SHu bilan birga, birinchi bosqich ishtirokchilari 50 ming funt oladi, chempionlarning har biri esa 2 million funtdan.

Ananalari o'zgaryotgan "Uimbldon"

"Uimbldon" "Katta Dubulg'a"ning eng qadimgi turniridir va birinchi qura o'tgan asrdan oldingi asrda - 1877 yilda o'tkazilgan. Birinchi va ikkinchi jahon urushlaridagi tanaffuslar va yaqinda yuzaga kelgan koronavirus pandemiyasi hisobga olinsa, musobaqa 135-marotaba o'tkazilmoqda. Ko'pgina boshqa musobaqalardan farqli o'laroq, "Uimbldon" doimo azaliy ananalarga rioya qilib kelgan. Ammo asta-sekin ularning ko'pchiligidan voz kechilmoqda. Xususan, turnir uchun maxsus o't ekish bekor qilindi va endi u ATR va WTA reglamentiga to'liq mos tushadi. Markaziy va birinchi kortlarda tomlar paydo bo'ldi, hal qiluvchi o'yinda esa 10 ochkogacha bo'lgan tay-breyk joriy etildi. 2022 yilgi mavsumdan boshlab turnir o'rtasidagi yakshanba kuni ananaviy dam olish kuni bo'lmaydi. Ammo hozircha tennischilardan faqat oq rangli libosda o'ynash talab etiladi.

Rekord egalari

80-yillarda Uilyam Renshou etti marta "Uimbldon" chempionligini qo'lga kiritdi va uzoq vaqt davomida bu rekord yangilanmaydi deya qaraldi. Biroq, XX asr oxirida bu yutuq Pit Sampras tomonidan takrorlandi va 2017 yilda Rojer Federer sakkizinchi bor "Uimbldon" chempionlini qo'lga kiritdi. U bunday natijaga erishgan yagona etakchiga aylandi. Ayollar o'rtasida barcha davrlarning rekordchisi Martina Navratilova bo'lib, to'qqizta yakkalik bahslarida g'olib chiqqan. Steffi Graf va Serena Uilyams esa ettitadan g'alabaga ega.

Serenaning qaytishi va rekordga intilish

Aytgancha, Serena Uilyams "Uimbldon-2021"ning birinchi bosqichida o'zining so'nggi o'yinini o'tkazdi va shundan beri kortga chiqmadi. Istburnda esa amerikalik Ons Jaber bilan birga juftlik bahslarida bitta uchrashuv o'tkazdi. Endi “Uimbldon-2022”da Serena nafaqat bir yil ichida birinchi yakkalik bahsini o'tkazadi, balki 24 ta "Katta Dubulg'a" chempionligiga ega bo'lgan afsonaviy avstraliyalik Margaret Kortga etib olishga urinadi. Uilyamsda "Ulkan Toj"dagi g'alabalarning "atigi" 23 tasi bor.

Svyontekni kim to'xtatadi?

Agar Serena unvonlar soni bo'yicha rekord o'rnatishni xohlayotgan bo'lsa, demak, dunyoning hozirgi birinchi raqamli tennischisi Iga Svyontek ham o'zining fantastik ko'rsatkichini oshirishga intiladi. Gap shundaki, 16 fevral kuni Dubaydagi turnirning ikkinchi davrasi doirasida polshalik tennischi latviyalik Elena Ostapenkoga yutqazib qo'ydi va shundan so'ng ketma-ket 35 uchrashuvda g'alaba qozonib, bir vaqtning o'zida Indian-Uells va Dohada bo'lib o'tgan musobaqada g'oliblikni qo'lga kiritdi. Mayami, SHtutgart, Rim va "Rolan Garros" uning keyingi g'alabalari bo'ldi. Iga uchun keyingi ko'rsatkich Martina Xingisning 1997 yilda qayd etgan 37 ta g'alabali seriyasi va 1990 yilda 36 ta muvaffaqiyatli o'yin o'tkazgan Monika Selesning natijasidan o'tib ketishdir. Bu oxirgi 32 yildagi eng yaxshi natijadir. Svyontek  turnirni "Uimbldon-2022" saralash bosqichini muvaffaqiyatli yakunlagan xorvatiyalik Jana Fettga qarshi o'yin bilan boshlaydi.

Nadalda allaqachon mavsumning ikkita "dubulg'a"si bor

36 yoshli Rafael Nadal "Mavsumiy Dubulg'a"ga, yani bir mavsumda "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi barcha to'rtta turnirda g'alaba qozonish uchun yaxshi imkoniyatga ega. Afsonaviy ispaniyalik tennischi bu yil meyorning yarmiga erishdi – u Australian Open va "Rolan Garros" musobaqalarida g'olib chiqdi. Unga to'liq to'plam uchun "Uimbldon" va US Open musobaqalari chempionligi etishmayapti. Eslatib o'tamiz, o'tgan yili Jokovich ketma-ket uchta dubulg'ani qo'lga kiritgan, biroq to'rtinchi bahsning finalida rossiyalik Daniil Medvedevga yutqazib, tarixiy natijani qayd etishga bir qadam qolganida to'xtab qolgandi. Ayni damda Nadal o'z faoliyatidagi "Ulkan Toj"dagi g'alabalar bo'yicha rekordchi - 22. Unga faqatgina 20 tadan shunday g'alabaga ega bo'lgan Jokovich va Federer yaqinroq. Eslatib o'tamiz, Federer bu yilgi barcha turnirlarni o'tkazib yubormoqda.

Final Jokovich - Nadal o'rtasida bo'ladimi?

Bu yilgi turnirni jahonning birinchi va ikkinchi raketkalari o'tkazib yuborishadi. Rossiyalik Daniil Medvedev va "Rolan Garros" yarim finalida jiddiy jarohat olgan germaniyalik Aleksandr Zverev mavsumning uchinchi "Katta Dubulg'a" turnirida ishtirok etmaydi. Ular musobaqada qatnasholmasligi sababli Jokovich birinchi, Nadal esa ikkinchi raqam ostida saralandi. SHu bois, jahon tennisining ikki afsonasi finalgacha to'qnash kelmasligi aniq. Ammo Jokovich-Nadal finalini kutish mumkinmi? Qizig'i shundaki, Novak, "Uimbldon"da ketma-ket so'nggi uchta chempionlikni qo'lga kiritdi - 2018, 2019 va 2021 yillarda. Umuman olganda, serbiyalik tennischi Britaniyada oltita, Nadal esa ikkita sovringa (2008, 2010) ega chiqqan. Bu ikki tennischi "Uimbldon" finalida 1 marotaba 2011 yilda to'qnash kelgan va o'shanda Novak Rafani 6/4, 6/1, 1/6, 6/3 hisobida mag'lub etgandi. Oradan 11 yil o'tib biz yana tennis afsonalarining chempionlik uchun kurashiga guvoh bo'lishimiz mumkin. Buni albatta vaqt ko'rsatadi. 

Erkaklar qurasining joylashuvi

Qura yakuniga ko'ra kuchli 8 talik vakillarining o'rni shunday taqsimladi: 19 yoshli Karlos Alkaraz (5) Jokovich bilan birga chorak finalda to'qnash kelishi mumkin. CHorak finalning ikkinchi potencial juftligi Kasper Ruud (3) - Xubert Gurkach (7) bo'lishi mumkin. Pastki qismda quyidagi juftliklar to'qnash kelishi mumkin: o'tgan yilgi finalchi Matteo Berrettini (8) - Stefanos Cicipas (4), Feliks Oje (6) - Rafael Nadal (2). Turnirni Zverev va Federerdan tashqari, yaponiyalik Kei Nishikori, Dominik Tim, shuningdek, Sebastyan Korda va Gael Monfis ham o'tkazib yuboradi. Ularning o'rnini laki-luzer ishtirokchilari egalladi.


Ayol qurasining joylashuvi

Ayollar o'rtasidagi eng yaxshi 8 ta tennischining o'rni quyidagicha taqsimlandi: Iga Svyontek (1) - Jessika Pegula (8), Paula Badosa (4) - Karolina Plishkova (6), Daniel Kollinz (7) - Ons Jaber (3) va Mariya Sakkari (5) ) – Anett Kontaveyt (2). 

Eslatib o'tamiz, rossiyalik va belaruslik tennischilardan tashqari, "Uimbldon"da “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi turnirlarning to'rt karra chempioni Naomi Osaka va Elina Svitolina turnirda ishtirok etmaydi.


Xurshida Abdikulova tayyorladi



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: