Jang sanatida jangchilar — chempionlar, engilmaslar va tramplin vazifasini bajaradiganlarga bo'linadi. Ammo, oktagonga qisqa vaqt ichida kirib, doimo yutqazadigan "sayohatchilar" ham uchrab turadi. Mana shunday qahramonlardan biri Kennet Allen. U faoliyati davomida 42 ta jangda mag'lub bo'lgan va atiga 1 marotaba raqibi ustidan g'alaba qozongan. Allen bunga qadar oddiy kareraga ega havaskor jangchi bo'lgan. Keyinchalik u o'zini professional sportda sinab ko'rish uchun sport zalida qattiq mashg'ulot qilishga umid bog'laydi.
Ammo, vaqt o'tishi bilan ustuvorliklar ish foydasiga o'zgardi va sport esa keyingi o'rinda qoldi. Aynan shuning uchun ham Allenning salbiy ko'rsatkichlari juda yuqori. Lekin, nega u oktagonda ishlar yomon ketayotgan bo'lsa ham, jang qilishdan bosh tortmas edi? Gap shundaki, u asosan mintaqaviy turnirlarda jang qilgan va u erda jangchining musobaqa arafasida ketishi katta falokat bo'lgan.
Bunday tashkilotlar chipta to'lovidan tushgan mablag' evaziga kun ko'rishadi. Allen bunday ishlar uchun mos "qo'g'irchoq" edi. Unga har doim jangdan bir yoki ikki kun oldin qo'ng'iroq qilishardi. Bu esa tayyorgarlikning kam bo'lishini anglatardi. Lekin, nima uchun u jang qilishda davom etar edi?
Kennetning o'zi: "jang qilishni yaxshi ko'raman", deya tan olgan. SHu bilan birga, u faqat bir marta g'alaba qozonganida xursand bo'lganini takidlaydi.
"Men juma va shanba kechalarida jang qilar edim. Do'stim va meni yo'l jangchilari deb atashardi. Juma kuni darsdan so'ng biz yo'lga tushdik va jang boshlanganda o'sha erda edik. SHu qadar ko'p to'qnashuvlar bo'ldiki, men oxirgi daqiqada qatnashdim. Jangga ketayotib, mashinada kiyinishga to'g'ri kelgan", — dedi Allen.
Mahalliy ligalar uchun Allen xaqiqiy topilma edi. Axir, hamma ham qisqa vaqt ichida kardni bilmay: "qancha va qachon?" deya jangga rozi bo'lavermaydi. Ko'p odamlar Kennetni tushunmasdan masxara qilishardi. Lekin, bu jangchi haqida bitta ajoyib fakt bor. U hech qachon nokautga uchramagan. (Texnik nokautlarni hisobga olinmaydi.) SHu bilan birga, 39 marta muddatidan oldin mag'lub bo'lgan.
"Agar kimdir meni jangga chaqirsa, yo'q deya olmayman. Oktagonga kirib istalgan jangchi bilan kuch sinashishim mumkin. Sport formam — yaxshi yoki yomon bo'lishidan qatiy nazar, menda har doim imkoniyat borligini his qilaman. Tug'ri xech qaysi jangimda ustunlik qilmagaman. Buni sezishingiz aniq. Men qonuniy ravishda g'alaba qozona olmasligimni his qilgan uchta yoki to'rtta jang bor", — deya tushuntirdi Allen.
Mag'lubiyatlarning ko'p qismi sabmishen orqali bo'lgan(31). Buning uchun Kennetni ayblash biroz noto'g'ri albatta. Allen jangning boshidanoq bor kuchini bergan. Biroq, uni ko'pincha parterga o'tkazgan va u bu tomonlama ojiz bo'lgan. Natijada Kennet doim taslim bo'lishga majbur bo'lgan. SHu tariqa, u 29 ta jangda birinchi raundning o'zida tajribasi kamligi sabab mag'lubiyatga uchragan.
Undan janglardan bosh tortganmisiz deb so'rashganida: "Hech qachon. Agar ular ertaga menga qo'ng'iroq qilib, shu hafta oxiri kimgadir kerakligimni aytishsa, o'sha erda bo'lar edim" —deya javob bergan Allen.
olamsport.com.com sayti asosida Kamron Hasanov tayyorladi