UYEFA Yevropa chempionlar ligasi finalida bo‘lib o‘tgan "Liverpul" - "Real" bahsida eng yaxshi o‘yin namoyish etgan 4 futbolchini tanlab olib, ularni haftaning eng yaxshi sovrini uchun da’vogarlar safiga kiritdi.
Kazemiro ("Real" yarim himoyachisi) — "Liverpul"ga qarshi o‘yinda 10.67 km. masofa bosib o‘tdi, uzatmalarining aniqligi 83 foizga teng bo‘ldi. Bahs davomida eng yuqori tezligi 28,9 km/soatga teng bo‘ldi.
Vinisius Junior ("Real" hujumchisi) — "Liverpul"ga qarshi uchrashuvda bitta aniq zarba berdi va uni golga aylantirdi. Bahs davomida eng yuqori tezligi 32,9 km/soatga teng bo‘ldi.
Tibo Kurtua ("Real" darvozaboni) — "Liverpul"ga qarshi bahsda 9ta seyv namoyish etdi. Bundan tashqari, 8 marta to‘pni egallab olgan bo‘lsa, bir marta to‘pni tepib yuborib, xavfni bartaraf etdi.
Ibrahima Konate ("Liverpul" himoyachisi) — "Real"ga qarshi o‘yinda raqibdan to‘pni 3 marta olib qo‘ydi, 7 marta esa to‘pni o‘z jamoasi nazoratiga qaytardi. Uzatmalarining aniqligi 90 foizga teng bo‘ldi.
UFC 315: Bilol Muhammad va Valentina SHevchenko kamarini himoya qiladi (ONLAYN NATIJALAR)
Bilol yoki Maddalena? SportUz.Net jurnalistlari UFC 315 markaziy jangi uchun taxmin bildirishdi
Tommi Fyuri 2023 yildan buyon ilk bor jang qilib, g'alaba qozondi va Jeyk Polga "vyzov" tashladi