SportUz.Net
photo photo

Eng ko‘p legioner «eksport» qilgan mamlakatlar reytingi e’lon qilindi. O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

09.05.2022 23:00    


Rasmni yuklab olish

Sport tadqiqotlari xalqaro markazi (CIES) futbolchilari xorij chempionatlarida o‘ynayotgan mamlakatlar reytingini tuzib chiqdi. Reyting tuzishda 80ta mamlakat futbol assosiasiyalari va 135ta futbol ligalari tahlil qilindi.

Bu borada Braziliya yaqqol yetakchiga aylandi. Braziliyaning naq 1219 nafar o‘yinchilari xorij ligalarida to‘p tepishi aniqlandi. Ikkinchi pog‘onani Fransiya egallagan bo‘lsa (978), Argentina kuchli uchlikka kirdi (815).

Keyingi pog‘onalarni esa Angliya (525), Germaniya (441), Kolumbiya (425), Ispaniya (409) va Xorvatiya (400) egalladi.

O‘zbekiston esa mazkur reytingda 79-pog‘onani egalladi. Markaz 25 nafar o‘zbekistonlik futbolchi xorij chempionatlarida o‘ynayotganini aniqlagan.

Futbolchilari xorij klubida o‘ynayotgan mamlakatlari reytingi (top-10):

1. Braziliya – 1219 futbolchi.
2. Fransiya – 978.
3. Argentina – 815.
4. Angliya – 525.
5. Germaniya – 441.
6. Kolumbiya – 425.
7. Ispaniya – 409.
8. Xorvatiya – 400.
9. Serbiya – 379.
10. Niderlandiya – 367.
...
20. Ukraina – 186.
25. Rossiya – 157.
61. Belarus - 51.
65. Moldova - 65.
72. Litva - 31.
79. O‘zbekiston - 25.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: