
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federasiyasi (IFFHS) XXI asrning eng yaxshi futbol hakamlari reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, hozirda faoliyatini davom ettirayotgan germaniyalik hakam Feliks Brix 141 ball bilan birinchi o‘rinni oldi. Undan bir ball kam jamg‘argan turkiyalik Jyuneyt Chaqir ikkinchi bo‘ldi. Angliyalik sobiq hakam Hovard Uebb esa kuchli uchlikdan joy oldi.
O‘zbekistonlik sobiq hakam Ravshan Ermatov top-20 talikdan joy ololmadi.
Top-15 lik bilan tanishing:
1. Feliks Brix (Germaniya) — 141 ball.
2. Jyuneyt Chaqir (Turkiya) — 140.
3. Hovard Uebb (Angliya) — 137.
4. Markus Merk (Germaniya) — 135.
5. Byorn Kuypers (Niderlandiya) — 133.
6. Nikola Rissoli (Italiya) — 121.
7. Oskar Ruis (Kolumbiya) — 104.
8-10. Massimo Buzakka (Shveysariya) — 96.
8-10. Xorxe Larrionda (Urugvay) — 96.
8-10. Lyubosh Mixel (Slovakiya) — 96.
11. Pyerluiji Kollina (Italiya) — 94.
12. Nestor Pitana (Argentina) — 88.
13. Kim Milton Nilsen (Daniya) — 84.
14. Frank de Blekere (Belgiya) — 82.
15. Viktor Kashshai (Vengriya) — 81.
IFFHS ro‘yxatni shakllantirishda o‘zining ortda qolgan har bir yildagi reytingini umumlashtirdi. Hisob-kitoblarga har yili top-20 likdan o‘rin olgan hakamlar kiritildi. Birinchi o‘ringa 20 ball, ikkinchi o‘ringa — 19 va hokazo.
UFC sobiq chempioni Xabib va Aleks Pereyraning faoliyati o'rtasidagi farq haqida gapirdi
Den Xuker: "Getji bilan jang bosh og'rig'i. Arman Carukyan bilan jang esa - chempionlik uchun yo'l"