Mana, Qatar mundiali ishtirokchilari ro‘yxati deyarli to‘liq holga keldi. Hozirda atigi 3ta bo‘sh joy qoldi - ularning egalari bilan iyun oyiga belgilangan «pley-off» o‘yinlaridan so‘ng tanishib olamiz. Hozircha esa ushbu maqola orqali ma’lumotlar asosida qaysi jamoalarga JCHda qatnashish odatiy holga aylanib qolganini ko‘rib chiqamiz.
** Futbol tarixidagi barcha JCHda atigi bitta jamoa uzluksiz qatnashgan - Braziliya termasi. 1930 - 2022 yillar: deyarli bir asrlik seriya!
** Germaniya termasi 1930 va 1950 yillarda 2ta mundialni o‘tkazib yuborgan. Shunchaki, jamoaning urushdan keyingi ilk turnirda ishtirok etishiga ruxsat berilmagan. Umuman, GFI faqat 1950 yilning yanvarida qaytadan tuzilgan va FIFA uni sentyabr oyida tan olgan. Ya’ni JCH-50dan keyin.
** Qatar termasi o‘z uyida JCHdagi debyutini nishonlaydi.
** Niderlandiya termasini Kanada, Ekvador va Kamerun jamoalari qatorida ko‘rish g‘alati. Umuman, «lolaranglar» Rossiya-2018ga kelishganida ham, uzun seriya bilan maqtanolmasdilar. Chunki bundan oldin 2002 yili JCHdan chetda qolishgandi.
** Kanada termasi 36 yillik tanaffusdan keyin JCHga qaytdi.
** Italiya termasi o‘z tarixida 4-marta mundial tomoshabiniga aylandi. «Skuadra» 1958-2018 yillar oralig‘ida qatorasiga 14ta mundialda qatnashgandi, endi esa ketma-ket 2-marta chetda qolyapti.
** Ajablanarli tomoni, Yevropaning bir qator binoyidek jamoalari anchadan buyon JCHga chiqolmayapti - Chexiya va Ukraina (2006 yildan buyon), Turkiya (2002 yildan buyon), Shotlandiya (1998 yildan buyon).
** Uels termasi «pley-off»dan omon o‘tib, JCH-2022 ishtirokchilari qatoriga qo‘shilsa, 15ta mundialga cho‘zilgan omadsiz seriyasiga chek qo‘yadi. Uelsliklar katta forumga oxirgi marta 1958 yili chiqishgandi.
** 1938 yilgi JCHda qatnashgan Kuba va Indoneziya termalari shundan keyin 19ta turnirni o‘tkazib yubordi - antirekord.
Debyut chiqishida raqibini quvlab, nokautga uchratgan Ramazon Temirovning jangidan FOTOGALEREYA