Xalqaro futbol assosiasiyalari federasiyasi (FIFA) terma jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi.
O‘zbekiston terma jamoasi 83-o‘rindan joy olgan. O‘tgan oydagi reytingdan ikki pog‘ona yuqoriga ko‘tarilgan. Avvalgi oydagi jadvalga nisbatan ochkolarimiz 9,53 ballga oshdi.
OFK vakillari orasida O‘zbekiston termasi 11-pog‘onada bormoqda. Dastlabki uchlik esa Eron, Yaponiya va Janubiy Koreyaga tegishli.
Srechko Katanes shogirdlari mart oyida ikkita o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etdi. Ularda Qirg‘iziston va Uganda terma jamoalari mag‘lub etilgan.
Umumiy reytingda Braziliya terma jamoasi Belgiyani ortda qoldirib, peshqadamlikni o‘z qo‘liga olgan. Shuningdek, Meksika top-10 likda paydo bo‘lgan, Daniya kuchli o‘nlikni tark etgan.
FIFA reytingi:
1. Braziliya — 1832
2. Belgiya — 1827
3. Fransiya — 1790
4. Argentina — 1765
5. Angliya — 1762
6. Italiya — 1723
7. Ispaniya — 1709
8. Portugaliya — 1675
9. Meksika — 1659
10. Niderlandiya — 1658
OFK:
21. Eron — 1564
23. Yaponiya — 1553
29. Janubiy Koreya — 1519
42. Avstraliya — 1462
49. Saudiya Arabistoni — 1445
51. Qatar — 1441
68. BAA — 1357
72. Iroq — 1339
75. Ummon — 1324
77. Xitoy — 1304
83. O‘zbekiston — 1286
88. Suriya — 1265
89. Bahrayn — 1262
91. Iordaniya — 1260
"Kichik bolalarga imkon berishdan charchadim". Maxachev Topuriya bilan jang haqida gapirdi