SportUz.Net
photo photo

O‘zbekiston superligasi — murabbiylar uchun eng yaxshi chempionatlardan biri

23.03.2022 08:31    


Rasmni yuklab olish

Football-observatory.com portali dunyoning turli chempionatlarida murabbiylar o‘z lavozimida o‘rtacha qancha vaqt davomida ishlashini tahlil qilib chiqdi. Bunda dunyoning 90ta chempionati tahlil qilindi.

Manba ko‘ra, O‘zbekiston Superligasi murabbiylar uchun eng yaxshi chempionatlardan biri bo‘lib, mutaxassis o‘zbek klubida o‘rtacha 681 kun faoliyat yuritar ekan. Bu esa reytingda 15-pog‘onani anglatadi. Osiyo mintaqasida esa mazkur ko‘rsatkich Vyetnam (747 kun) va Gonkong (742 kun) chempionatlaridan so‘ng 3-natija hisoblanadi.

Tahlillarga ko‘ra, O‘zbekiston chempionatida murabbiylar 33% holatda 2 yildan ko‘proq ishlashgan bo‘lsa, yana shuncha holatda 6 oydan kam ishlashgan. Yana 33% vaziyatda esa mutaxassislar klublarimiz boshqaruvida 6 oydan 2 yilgacha bo‘lgan muddatda faoliyat yuritishgan.

Mutaxassislar uchun eng yaxshi chempionat sifatida Shimoliy Irlandiya Premyershipi e’tirof etildi. Unda murabbiylar o‘rtacha 1563 kun davomida ishlashar ekan. Ikkinchi o‘rinni Uels, uchinchi pog‘onani esa Ozarboyjon chempionatlari egallashdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: