SportUz.Net
photo photo

La liganing eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari ma’lum bo‘ldi

22.03.2022 22:31    


Rasmni yuklab olish

Fransiyaning  "L’Equipe" nashri Ispaniya chempionatida eng ko‘p maosh olayotgan futbolchilar reytingini e’lon qildi.

Kutilmaganda, ushbu reytingning yuqori pog‘onasini "Barselona" himoyachisi Jerar Pike egalladi. 35 yoshli futbolchining bir oylik maoshi 2,33 mln. yevroga teng. Ushbu summa soliqlar chiqarib tashlanmagan holda berilgan.

"Real" yarim himoyachilari — Garet Beyl va Eden Azar kuchli uchlikka kirishdi. Ularning oylik maoshi 2,27 mln yevroga tengligi ma’lum qilindi).

Ro‘yxatning 4-pog‘onasini 1,91 mln. yevro oylik maosh bilan Serxio Buskets egallagan bo‘lsa, David Alaba va Antuan Grizmann (1,88 mln) kuchli beshlikka kirishdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: