SportUz.Net
photo photo

Eldor Shomurodov — Italiyada o‘ynayotgan MDH davlatlari vakillari orasida eng qimmatlaridan biri

18.03.2022 12:31    


Rasmni yuklab olish

Germaniyaning Transfermarkt portali Italiya A seriyasida o‘ynayotgan sobiq ittifoq mamlakatlari futbolchilari reytingini tuzib chiqdi.

Reytingning yuqori pog‘onasini «Atalanta» yarim himoyachisi Ruslan Malinovskiy egalladi. Ukrainalik 28 yoshli futbolchining narxi 30 million yevroga teng.

Ikkinchi pog‘onani esa uning jamoadoshi Aleksey Miranchuk egalladi. Rossiyalik 26 yoshli futbolchi 11 million yevroga baholandi.

Kuchli uchlikka "Roma" hujumchisi Eldor Shomurodov kiritildi. O‘zbekiston terma jamoasi sardorining narxi — 10 million yevro. "Roma"ning armanistonlik yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan ham 10 millionga baholangan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: