SportUz.Net
photo photo

Messi so‘nggi 10 yilda olis masofadan 66ta gol urdi

14.02.2021 09:30    


Rasmni yuklab olish

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Ispaniya La ligasining 23-turidan o‘rin olgan «Alaves»ga qarshi o‘yinda (5:1) jarima maydonchasi tashqarisidan ikkita gol urdi.

Argentinalik futbolchining La liganing so‘nggi 10 mavsumida olis masofadan urgan gollari soni 66taga yetdi.

Bu vaqt davomida faqatgina ikki jamoa olis masofadan urgan gollari soni bo‘yicha Messidan yaxshiroq natija qayd etgan. Ular — «Real» (112) va «Atletiko» (76).

Messi bu vaqt davomida Ispaniyaning 30ta jamoasining har biridan jarima maydoni tashqarisidan ko‘proq gol urishga muvaffaq bo‘lgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: