SportUz.Net

«Barselona» ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha La liganing joriy mavsumida yetakchilik qilmoqda

14.02.2022 08:31    


Rasmni yuklab olish

«Barselona» Ispaniya chempionatining 24-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Espanyol»ga qarshi o‘yinning so‘nggi soniyalarida mag‘lubiyatdan qutulib qoldi (2:2).

Uchrashuvga qo‘shib berilgan 6-daqiqa tugashiga 15 soniya qolganida Adama Traore o‘ng qanotdan yetkazib bergan uzatmani zaxiradan maydonga tushgan Lyuk de Yong bosh bilan raqib darvozasiga joylab qo‘ydi. «Barsa» joriy mavsumda 10ta golni bosh bilan urishga muvaffaq bo‘ldi. Bu esa La liganing eng joriy mavsumidagi eng yaxshi natija hisoblanadi.

"Ko‘k-anorranglilar" mavsum-2016/17da ham 38 o‘yinda raqiblari darvozasini bosh bilan 10 marta ishg‘ol qilishgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: