Sport tadqiqotlari xalqaro markazi (CIES) yangi reytingni e’lon qildi. Bu safar markaz Yevropa klublarining so‘nggi 10 yildagi transferlarini sarhisob qildi.
«Manchester Yunayted» – xarid qilgan va sotgan futbolchilarini hisob-kitob qilganida eng ko‘p zarar ko‘rgan klub bo‘ldi. Klub yangi futbolchilarni sotib olish uchun bir yarim milliarddan ko‘proq pul sarflagan. Mankunianliklar futbolchi sotishdan 470 million yevro miqdorida daromad topgan. Jamoaning bu boradagi sof zarari bir milliard yevrodan ortiqni tashkil qilgan.
Keyingi pog‘onalarni «Manchester Siti» (zarar - 984 mln), PSJ (941 mln) va «Barselona» (650 mln) klublari band etishdi.
Bu borada foyda topgan klublari ham bor: «Lill» (349 mln.), «Lion» (247 mln), «Jenoa» (200 mln). APL klublari orasida faqat «Brentford» klubi zarar ko‘rmagan.
51 yoshli sobiq jahon chempioni faoliyatini qayta tikladi. Bokschi 16 yil umrini qamoqda o'tkazgan