SportUz.Net
photo photo

Gvardiola Mourinyoning rekordini yangilab, APL tarixiga kirdi

23.01.2022 10:31    


Rasmni yuklab olish

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya chempionatining 23-turi doirasida «Sautgempton»ga qarshi bo‘lib o‘tganda qo‘lga kiritilgan durang (1:1) tufayli o‘z nomini APL tarixiga yozib qo‘ydi.

Gvardiola Angliya chempionati tarixida barcha murabbiylardan tezroq 500 ochkolik dovonni zabt etdi. Buning uchun Xosepga «Manchester Siti» boshqaruvida 213ta o‘yin yetarli bo‘ldi. Ushbu natijaning avvalgi sohibi Joze Mourinyo ushbu marrani 231ta bahsda zabt etgandi.

Bu borada uchinchi pog‘onani Yurgen Klopp egallab turibdi. Germaniyalik mutaxassis «Liverpul» bilan 236ta uchrashuvda 500 ochko to‘plagan. «Manchester Yunayted»ning sobiq ustozi Aleks Fergyuson esa ushbu natijani 242ta o‘yinda takrorlagan.

Keyingi pog‘onalarni esa quyida murabbiylar egallab turishibdi: Arsen Venger (249 o‘yin), Rafael Benites (267), Devid Moyes (340), Martin O'Nil (351), Mark Xyuz (367), Sem Ellardays (386), Garri Rednapp (392) va Stiv Bryus (441).

Ma’lumot o‘rnida. Gvardiola 2016 yildan beri «Manchester Siti»ni boshqarib kelmoqda. Ispaniyalik mutaxassisning klub bilan shartnomasi 2023 yilga qadar tuzilgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: