SportUz.Net

Sterling – APLning dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi

14.01.2022 17:00    


Rasmni yuklab olish

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Rahim Sterling Angliya premyer-ligasining dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Angliyalik futbolchi o‘tgan oyda "shaharliklar" safida APL doirasida 5ta o‘yinda ishtirok etib, beshta gol (ulardan ikkitasi penaltidan) va bitta assist muallifiga aylandi. U «Lids» (7:0) va «Brentforda» (1:0) qarshi bahslarda zaxirada qoldi.

Sterling faoliyati davomida uchinchi marta APLning oy futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritdi. So‘nggi marta u bunday sovringa 2018 yilning noyabr oyida ega chiqqandi.

Rahim sovrin uchun kurashda Joau Kanselu («Manchester Siti»), Jeyms Meddison («Lester»), Gabriel Martinelli, Martin Edegor (ikkisi – «Arsenal»), Meyson Maunt («Chelsi») va Son Xyong Min («Tottenxem»)ni ortda qoldirdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: