«Chelsi» Angliya liga kubogi yarim final bosqichi doirasida «Tottenxem»ga qarshi bo‘lib o‘tgan javob uchrashuvida ham g‘alaba qozonib (1:0), finalga yo‘l oldi.
Tomas Tuxel londonliklar boshqaruviga kelganidan so‘ng oradan atigi 350 kun o‘tib jamoani Yevropa chempionlar ligasi, Angliya kubogi va Angliya liga kubogi musobaqalari finaliga olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Bu esa klub rekordi hisoblanadi. Shu paytgacha «Chelsi» tarixida hech bir mutaxassis bunday natija qayd etmagandi.
"Chelsi" Angliya liga kubogi finalida «Liverpul» – «Arsenal» juftligi g‘olibiga qarshi maydonga chiqadi.
Debyut chiqishida raqibini quvlab, nokautga uchratgan Ramazon Temirovning jangidan FOTOGALEREYA