
«Boxum» yarim himoyachisi Gerrit Xoltmann Bundesliganing 2021 yildagi eng chiroyli goli muallifiga aylandi.
Ushbu futbolchi tomonidan «Mayns» darvozasiga urilgan gol eng ko‘p ovoz to‘pladi. 21 avgust kuni o‘tkazilgan o‘yinda Xoltmann maydon markaziga yaqin joyda to‘pni qabul qilib, raqibning 5 futbolchini aldab o‘tgan holda raqib jarima maydoniga kirdi hamda to‘pni darvozabonning oyoqlari orasidan o‘tkazib, darvozani ishg‘ol qildi.
"Bu - men xohlagan jang". Xollouey engil vaznda kim bilan jang qilmoqchi ekanligini aytdi
UFC chempioni Della Maddalenaga Maxachev bilan jangga tayyorgarlikda yordam bermoqda (FOTO)