SportUz.Net
photo photo

Messi va Ronaldu – «Barsa» va «Yuve»ning 2021 yildagi eng yaxshi to‘purarlari!

28.12.2021 19:00    


Rasmni yuklab olish

Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu yozda "Barselona" va "Yuventus" tark etib, faoliyatlarini boshqa jamoalarda davom ettirishgan bo‘lsa-da, ular 2021 kalendar yilida sobiq jamoalarining eng yaxshi to‘purariga aylanishdi.

Argentinalik futbolchi joriy yilda "ko‘k-anorranglilar" safida 28ta gol urishga ulgurgadi. Argentinalik futbolchi "PSJ" safiga o‘tganidan so‘ng 16ta o‘yinda 6ta gol muallifiga aylandi.

«Barsa»ning hujumdagi ishlari juda yomonligini yana shundan bilish mumkinki, jamoani tark etgan futbolchilardan biri Antuan Grizmann 15ta gol bilan 2021 yilgi to‘purarlar ro‘yxatida 2-o‘rinni egallab turibdi. Bu borada keyin pog‘onalarni quyidagi futbolchilar egallashgan: Depay (8), De Yong (7), Dembele (6), Breytueyt va Ansu Fati (4tadan).



Ronaldu esa 2021 yilda "keksa sinyora" safida 20ta gol muallifiga aylangandi. Portugaliyalik futbolchi "MYU"ga ko‘chib o‘tgach, 19ta o‘yinda ishtirok etib, 13ta gol muallifiga aylandi.

Krishtianudan so‘ng "Yuve" safida 2021 yilgi to‘purarlar ro‘yxatining ikkinchi pog‘onasini Morata egalladi — 17 gol. Keyin o‘rinlarni esa Kyeza (15) va Dibala (11) band etishgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: