Xabibning vakant kamari o'z egasini topdi. Ligada bir yo'la yil davomida sakkizta chempion aniqlandi. Pandemiyaga qaramasdan, UFC yashashni davom ettirdi.
YIL JANGCHISI: Kamaru Usman
Kamaru Usman - yarimo'rta vazn toifasining haqiqiy qiroli! U yil davomida uch marta oktagonga ko'tarildi: fevralda Gilbert Berns (nokaut), aprelda Xorxe Masvidal (nokaut) va noyabr oyida asosiy raqibi Kolbi Kovingtonni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etdi. Usman ayni daqiqalarda UFC'ning asosiy yulduzi, Yil davomida esa u Xabib Nurmagomedovga tegishli bo'lgan rekordni yangiladi. Endilikda nigeriyalikning hisobida UFC'da 15 ta g'alaba bor. Xabibning hisobida esa 13 ta edi. 34 yoshli Usman Xabibdan farqli ravishda hali ham jang qilmoqda va eng zo'rlarni mag'lub etmoqda.
YIL JANGI: Petr Yan - Kori Sendxagen
2021 yilning eng yaxshi jangchisini aniqlash ancha qiyin kechdi. Sababi bu yil ko'plab qiziqarli bahslar bo'ldi. 2021 yilning eng yaxshi jangi katta ehtimol bilan eng engil vazn toifasida vaqtinchalik UFC kamari uchun kechgan bahs bo'ldi. Petr Yan va Kori Sendxagen oktagongda 25 daqiqa haqiqiy shouni tashkil etib berishdi. Jangning ilk raundida amerikalik sportchi Yanni qiynab qo'ydi va birinchi raundni oldi. Keyingi raundlardan boshlab esa Yan haqiqiy chempion kim ekanligini ko'rsatib qo'ydi va har raunddan raundga kuchayib bordi. Agar jang uch raund davom etganida Kori g'alaba qozonishi mumkin edi, biroq aynan chempionlik raundlarida rus haqiqiy kuchini ko'rsatdi. Har ikki jangchining shijoati va irodasiga esa qoyil qolmasdan iloj yo'q.
YIL NOKAUTI: Kamaru Usman - Xorxe Masvidal
Ha, yil nokauti sohibi ham aynan Kamaru Usman. Jangdan avval chempion Xorxe haqida fikr bildirar ekan, uni kuchli jangchi sifatida ko'rmasligini va u faqatgina piarning natijasida kuchli ekanligini malum qilgandi. Gaplarini esa har ikki jangda ham isbotlab berdi. Nokautda o'zgacha nimadir topish qiyin. Ajoyib ikkilik zarbasi. Usman raqibini ajoyib tarzda "uxlatib" qo'ydi. Xorxe 18 yillik faoliyati davomida hali bir marta ham nokaut bilan mag'lub bo'lmagandi.
Posmotret etu publikaciyu v Instagram
YILNING ENG KUTILMAGAN NATIJASI: Amanda Nunes - Julianna Penya
Amanda Nunes - UFC'ning barcha davrlardagi eng kuchli ayol jangchisi hisoblanardi. U o'n yildan beri mag'lubiyat nima ekanligini bilmasdi. Yo'lidan chiqqan hammani yanchib tashladi. Dekabrdagi jangda Julianna Penya anderdog edi va uning g'alabasiga o'zi ham ishonmasdi. Jangning boshida ham bu ko'rinib turgandi, chempion o'z uslubida harakat qilayotgandi. Biroq ikkinchi raundda barchasi o'zgarib ketdi, Julianna birin ketin zarbalar yo'lladi va raqibini ancha qiyin ahvolga solib qo'ydi. Oxirida esa Nunes orqasini topshirib qo'ydi va Julianna Penya UFC'ning yangi chempioniga aylandi.
"Kichik bolalarga imkon berishdan charchadim". Maxachev Topuriya bilan jang haqida gapirdi