SportUz.Net
photo photo

ESPN yilning eng yaxshilarini e’lon qildi (+ro‘yxat)

01.12.2021 12:00    


Rasmni yuklab olish

Amerikaning ESPN telekanali turli nominasiyalar bo‘yicha 2011 yilning eng yaxshi futbolchilari va murabbiylari nomini e’lon qildi.

2021 yilning eng yaxshi hujumchisi sifatida Lionel Messi e’tirof etildi. Krishtianu Ronaldu ikkinchi o‘rindan joy olgan bo‘lsa, Kilian Mbappe kuchli uchlikka yakun yasagan. Markaziy hujumchilar orasida esa Robert Levandovski g‘olib deb topilgan, keyingi pog‘onalardan Erling Holand va Karim Benzema joy olgan.

Shuningdek, boshqa pozisiyalarda ham g‘oliblar aniqlandi:

Eng yaxshi darvozabon: Yan Oblak;
Eng yaxshi o‘ng qanot himoyachisi — Ashraf Hakimiy;
Eng yaxshi chap qanot himoyachisi — Endryu Robertson;
Eng yaxshi markaziy himoyachi — Riben Diash;
Eng yaxshi markaziy yarim himoyachi — Ngolo Kante;
Eng yaxshi hujumkor yarim himoyachi — Kevin de Bryuyne;
Eng yaxshi vinger — Sadio Mane;
Eng yaxshi hujumchi — Lionel Messi;
Eng yaxshi markaziy hujumchi — Robert Levandovski;
Eng yaxshi murabbiy — Tomas Tuxel.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: