SportUz.Net
photo photo

ESPN eng yaxshi hujumchilar reytingini e’lon qildi: Messi, Ronaldu, Mbappe...

01.12.2021 10:00    


Rasmni yuklab olish

Amerikaning ESPN telekanali 2021 yil yakunlari bo‘yicha jahonning eng yaxshi futbolchilari va murabbiylari reytingini e’lon qildi.

Eng yaxshi hujumchilar uchligidan Lionel Messi («PSJ»), Krishtianu Ronaldu («Manchester Yunayted») va Kilian Mbappe («PSJ») o‘rin olishdi. Argentinalik futbolchi o‘tgan yilda ham ESPN nashriga ko‘ra eng yaxshi hujumchi nomini qo‘lga kiritgandi. 2020 yilda Ronaldu va Mbappe o‘rni teskari bo‘lgandi.

O‘tkazilgan so‘rovnomada 77 ekspert ishtirok etdi. Ular safiga jurnalistlar va sobiq futbolchilar ham kiritildi.

ESPN versiyasiga ko‘ra jahonning eng yaxshi hujumlari (top-10):

1. Lionel Messi («Barselona»/«PSJ»);
2. Krishtianu Ronaldu («Yuventus»/«Manchester Yunayted»)
3. Kilian Mbappe («PSJ»);
4. Muhammad Saloh («Liverpul»);
5. Neymar («PSJ»);
6. Son Xyong Min («Tottenxem»);
7. Memfis Depay («Lion»/«Barselona»);
8. Kay Xavers («Chelsi»)
9. Dushan Tadich («Ayaks»);
10. Jerar Moreno («Vilyarreal»).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: