SportUz.Net
photo photo

Poyet: «Messi yoki Ronalduga «Oltin to‘p»ni berish kerak emas»

18.11.2021 09:31    


Rasmni yuklab olish

«Chelsi» klubi sobiq yarim himoyachisi Gustavo Poyet 2021 yilda «Oltin to‘p»ga eng munosib o‘yinchi kim ekanini aytdi.

«Messi yoki Ronaldu «Oltin to‘p»ni berish kerak emas. Ushbu sovringa Mbappe yoki Saloh munosib bo‘lishdi, ammo Muhammad shak-shubhasiz eng zo‘ri.

Joriy mavsumda Angliya premyer-ligasida yo «Manchester Siti», yoki «Chelsi», yoxud «Liverpul» g‘olib chiqadi. Saloh hozirda jahonning eng yaxshi futbolchisi bo‘lib, u o‘z formasini saqlab qolsa, mersisaydliklarning g‘oliblik uchun imkoniyati oshadi. Uning o‘yin natijasiga bo‘lgan ta’siri Messi, Ronaldu va Mbappenikidan ko‘proq. Afrika millatlar ligasi musobaqasi paytida «Liverpul» safida Saloh bo‘lmaydi. Bu esa «Chelsi» va «Manchester Siti» uchun yaxshi imkoniyat.

O‘ylashimcha, ayni paytda Saloh «Liverpul»ning eng yaxshi futbolchisi. U ajoyib o‘yinchi. Salohning yo‘qligi «Liverpul» o‘yiniga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi», – dedi Poyet.

Eslatib o‘tamiz, «Oltin to‘p»ni topshirish marosimi 29 noyabr kuni Parijda bo‘lib o‘tadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: