Polsha terma jamoasi va "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovskining joriy kalendar yilida barcha musobaqalar doirasida urgan gollari soni 62taga yetdi. Bu borada u tengsiz bo‘lib turibdi.
Bu borada polshalik futbolchining asosiy raqobatchisi Lionel Messi 2021 yilda bir yarim baravar kamroq gol urdi — 40ta.
"Manchester Yunayted" forvardi Krishtianu Ronaldu esa joriy yilda 42ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Levandovski 2021 yilda gollarining 10tasini penaltidan urgan bo‘lsa, Ronaldu 8, Messi esa 5 marta 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalanishgan.
Debyut chiqishida raqibini quvlab, nokautga uchratgan Ramazon Temirovning jangidan FOTOGALEREYA