SportUz.Net

Argentina ayni paytda mag‘lubiyatsiz o‘yinlar seriyasi bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichga ega

13.11.2021 15:31    


Rasmni yuklab olish

Argentina terma jamoasi JCH-2022 saralash bosqichi doirasida Urugvay mehmoni bo‘lib, Anxel di Mariya tomonidan urilgan yagona gol evaziga g‘alaba qozondi.

Natijada "albiseleste"ning mag‘lubiyatsiz o‘yinlar seriyasi 26ta bahsga yetdi. Lionel Skaloni shogirdlari ayni paytda mag‘lubiyatsiz seriyasi hali uzilmagan jahonning eng yaxshi terma jamoasi bo‘lib turibdi.

Argentina bu borada o‘z rekordini takrorlash uchun yana 3ta o‘yinda mag‘lub bo‘lmasligi kerak.

Ma’lumot o‘rnida. Mag‘lubiyatsiz o‘yinlar seriyasi bo‘yicha jahon rekordi Italiyaga tegishli — 37ta bahs.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: