Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu JCH-2022 saralash bosqichi doirasida bo‘lib o‘tgan Lyuksemburgga qarshi bahsda (5:0) uchta gol muallifiga aylandi.
"Gracenote Live" tarqatgan xabarga ko‘ra, 36 yoshli futbolchining JCH saralash bosqichlarida urgan gollari soni 36taga yetgan. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha u eronlik Ali Dayiga tenglashib oldi.
Bu borada jahon rekordi Gvatemala vakili Karlos Ruisga tegishli bo‘lib, u terma jamoa tarkibida JCH saralash bahslarida 39ta gol muallifiga aylangan.
Oliveyra: "Topuriya - men jang qilganlar orasida eng qattiq zarba beruvchi sportchi"
"Undan rekordidagi nolni olib qo'ymoqchiman". Volkanovski Evloev bilan jangga tayyor
Pimblett nima uchun Topuriya bilan jangga loyiq ekanligini aytdi va Maxachevni misol keltirdi