UYEFA joriy mavsumda Chempionlar ligasining guruh bosqichida eng ko‘p dribling ishlatgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
«Real» yarim himoyachisi Vinisius bu borada eng yaxshi natija qayd etmoqda. Braziliyalik futbolchi YECHLning 2ta bahsida raqiblarini 16 marta muvaffaqiyatli aldab o‘tgan.
Ikkinchi pog‘onani Neymar (13) egallab turgan bo‘lsa, "Bavariya" yarim himoyachisi Jamol Musiala (12) kuchli uchlikka kirdi.
"Hayron bo'lmadim". CHimaev Ankalaevning UFC 320 dagi mag'lubiyati haqida fikr bildirdi