«Real» hujumchisi Karim Benzema Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichining 2-turi doirasida «Sherif»ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda (1:2) penaltidan gol urdi.
"Qirollik klubi" uchun mazkur 11 metrli jarima zarbasi YECHL tarixidagi 51-penalti bo‘ldi. «Real» ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi pog‘onani egallab turibdi. Rekord esa «Barselona»ga tegishli bo‘lib, kataloniyaliklar raqiblari darvozasiga tomon 53 marta penalti zarbasini yo‘llashgan.
Bundan tashqari, Chempionlar ligasida «Bavariya» (48), «Manchester Yunayted» (34), «Chelsi» (31), «Yuventus» (30), «Arsenal» (30), «Portu» (27), «Manchester Siti» (24) va «Liverpul» (20) foydasiga penalti belgilangan.
Ramazon Temirov ishtirok etadigan UFC Abu-Dabi turnirining markaziy jangi elon qilindi
UFC 315 turnirining bonus sohiblari malum, chempionlik jangi eng yaxshisi deb topildi