SportUz.Net

Myuller «Bavariya» to‘purarlari ro‘yxatida 3-o‘ringa ko‘tarildi

25.09.2021 08:31    


Rasmni yuklab olish

Germaniya chempionatining 6-turi doirasida 24 sentyabr kuni «Groyter» va «Bavariya» klublari to‘qnash kelishdi. Unda myunxenliklar 3:1 hisbida g‘alaba qozonishdi.

Mehmonlarning gollaridan biri Tomas Myuller hisobiga yozildi. 32 yoshli futbolchi uchun mazkur gol «Bavariya» safidagi 218-gol bo‘ldi.

Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha u Karl-Xayns Rummeniggeni ortda qoldirdi va klub tarixidagi to‘purarlar ro‘yxatida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

«Bavariya» tarixidagi eng yaxshi ikki to‘purar Gerd Myuller (523) va Robert Levandovski (305) hisoblanadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: