SportUz.Net

Benzema — La ligada ikki yuzlik dovonni zabt etgan 10-futbolchi

23.09.2021 09:00    


Rasmni yuklab olish

«Real» hujumchisi Karim Benzema Ispaniya La ligasining 6-turidan o‘rin olgan «Malyorka»ga qarshi o‘yinda (6:1) ikkita gol muallifiga aylandi.

Fransiyalik futbolchining Ispaniya chempionati doirasidagi gollari soni 200taga yetdi. Karim La liga tarixidagi to‘purarlar ro‘yxatida 10-o‘rinni egallab turibdi.

Ro‘yxatning eng yuqori pog‘onasini Lionel Messi (473 gol) egallab turgan bo‘lsa, Krishtianu Ronalda (311) ikkinchi o‘rinni band etgan.

La ligada 200dan ortiq gol urgan futbolchilar:

473 — Lionel Messi
311  — Krishtianu Ronaldu
253  — Telmo Sarra
234  — Ugo Sanches
228  — Raul Gonsales
227  — Alfredo di Stefano
221  — Sezar
219  — Enrike de Kastro Gonsales
211  — Painyo
200  — Karim Benzema



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: