SportUz.Net
photo photo

«Atletik» hujumchisi La ligada g‘aroyib natija qayd etdi

19.09.2021 10:00    


Rasmni yuklab olish

Ispaniya La ligasining 5-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Atletiko» va «Atletik» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda hisob ochilmadi.

Bilbaoliklar hujumchisi Inyaki Uilyams uchun mazkur bahs Ispaniya chempionatidagi ketma-ket 200-uchrashuv bo‘ldi.

"Opta Sports" tarqatgan xabarga ko‘ra, 27 yoshli futbolchi 2016 yildan buyon La ligadagi birorta o‘yinni o‘tkazib yubormagan.

Ammo bu rekord emas. «Reala Sosyedad»ning sobiq futbolchisi Xuan Antonio Larranyaga Ispaniya chempionatida ketma-ket 202ta bahsda maydonga tushgan.

Uilyams La liganing joriy mavsumida 5ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol muallifiga aylandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: