SportUz.Net

photo photo

Atlanta -1996. “Kuppa-kunduzi bo'lgan talon-tarojlik”. Hakamlar qanday qilib Floyd Meyvezerni o'z uyida ayab o'tirishmagandi? +VIDEO

28.07.2021 23:00    


Rasmni yuklab olish

Atlanta -1996. “Kuppa-kunduzi bo'lgan talon-tarojlik”. Hakamlar qanday qilib Floyd Meyvezerni o'z uyida ayab o'tirishmagandi?

Buyuk  amerikalikning faoliyatidagi oxirgi mag'lubiyati janjalga sabab bo'ldi


Floyd Meyvezer o'zining atrofida engilmas chempion aurasini yaratdi. Bu osonlik bilan sodir bo'lmadi. 1996-yil Atlanta shahrida bo'lgan olimpiadada Floydni oltin medaldan mahrum qilishdi.

Olimpiada o'yinlaridan biroz oldin, bo'lajak afsonaviy qahramonimizning otasi katta Floyd Meyvezer qamoqqa olinadi. Uning musobaqaga tayyorgarlik ko'rishi bilan ikki vazn toifasi bo'yicha jahon chempioni bo'lgan amakisi Rojer Meyvezer shug'ullandi. 19 yoshida Floyd “Oltin qo'lqop” milliy turnirida uch marta g'olib chiqqan. SHu sababli hech kim yosh jangchining uyida bo'ladigan o'yinda muvaffaqiyat qozonishiga shubha qilmagan. Amerikalikning Olimpiadadagi yo'li postsovet hududidan kelgan jangchilarga qarshi kurashdan boshlandi. Dastlab, Floyd birinchi raunddayoq Qozog'iston vakili Bahtiyor Toleganovni muddatidan oldin mag'lub qildi. Keyin armanistonlik Artur Gevorkyan ustidan g'alaba qozondi. CHorak finalda esa Meyvezer kubalik Lorenso Aragonga qarshi jang qildi. Yarim finalda Floyd uch karra jahon va Evropa chempioni bolgariyalik Serafim Todorovga qarshi kurash olib bordi. Todorov bu paytda 27 yoshda, bo'yi 177 santimetr edi. Xullas, Serafim raqibidan har tomonlama ustinroq ko'rinar edi.
O'sha paytda g'olib aniq berilgan zarbalar hisobiga aniqlangan. Birinchi raundning dastlabki daqiqasi oxiriga etmasdanoq birinchi ball qo'yildi va bu holat ajablanarli ko'rinar edi. Floyd aniq zarbalar berganiga qaramasdan ochko bolgariyalikka berildi. Agar har tomonlama nazar tashlaydigan bo'lsak, o'sha vaqtdagi hisob 2:0 bo'lishi hamda amerikalikning foydasiga hal qilinishi kerak edi. Dastlabki uch daqiqada Meyvezer ketma-ket ikki marta hujum qilib uch marta aniq zarba bergan bo'lishiga qaramasdan, ularning faqat bittasigina hisobga olindi. Qoidaga ko'ra, Floydga ikki ball berilishi kerak edi. Biroq, birinchi raunddagi hisob 2:1 bo'lib Todorov foydasiga hal qilindi, aslida amerikalik 4:2 hisobda g'alaba qozonishi lozim edi.
Ikkinchi raund yanada faol harakatlar bilan boshlandi. Ikkinchi raundda hisob 6:4 bo'lib yosh amerikalikning foydasiga hal bo'ldi.


Umumiy hisob esa 7:6 bo'ldi va g'oliblikni besh vazn toifasida bo'lajak jahon chempioni qo'lga kiritdi.

Bunday yaqin hisob taktikani o'zgartira olmadi. So'nggi uch daqiqa oxirgi raundning davomi bo'ldi. Ikkala jangchi ham harakat qildi, biroq hakamlar zarbalar miqdorini hisobga olishdi. Dastlabki daqiqaning oxirida yana birinchi zarba Serafim foydasiga hal etildi. Ammo undan oldinroq Floyd o'ng tomondan to'g'ridan to'g'ri boshga zarba bergan edi. Hisob 7:7, biroq bu uzoq vaqt saqlanib qolmadi, chunki yon hakamlar Floydning boshiga berilgan zarbani ko'rishdi. SHunday qilib, bolgariyalik ustunlikni o'z qo'liga oldi.
Oxirgi daqiqalarning boshida Meyvezer aniq zarbalar bilan hisobni tenglashtirdi. SHundan so'ng, natijalarni hisoblashda g'alati holat sodir bo'la boshladi. Floydning to'g'ridan to'g'ri bergan zarbasi hisobga olinmadi, lekin negadir Todorovning chapdan berilgan biroz noaniq zarbasi esa hisoblanildi. Natija 10:8 edi, raund tugashiga yarim daqiqa qoldi, amerikalik yana muffaqiyacizlikka uchray boshladi. Serafim Floyddan o'zini olib qochar edi, biroq bu Meyvezerning ikki marta aniq zarba berishiga halaqit bermadi hamda ularning faqat bittasigina hisobga olindi. SHu tariqa bolgariyalik oxirgi raundda 4:2 va umumiy 10:9 hisobida jangni o'zining foydasiga hal qildi. Aslida, Meyvezer 5:2 hisobda g'alaba qozonishi kerak edi, biroq bolgariyalikka ortiqcha ikki ochko berildi. Agar shunday bo'lmaganida Floyd 9:8 hisobda o'yinni o'zining foydasiga hal qilishi va finalga yo'l olishi mumkin edi. Biroq hakamlar o'ylab o'tirmasdan Meyvezerni o'z uyida bo'lgan Olimpiadada mag'lub qilishni uddasidan chiqishdi.
Todorov esa hal qiluvchi uchrashuvda Tailand vakili bo'lgan Somluk Kamsingga imkoniyatni boy berdi. Meyvezer-Todorov qarama-qarshiligi olimpiada tarixidagi eng janjalli janglardan biri sifatida qayd etilgan. Olimpiya o'yinlarining rasmiy You Tube kanalidagi qoldirilgan izohlarda haligacha hakamlarning qaroridan norozi bo'layotganlarni uchratish mumkin:

“Floydni kuppa-kunduzi talon-taroj qilishdi”,

“Hattoki, referi ham Meyvezerning g'alabani qozonganini bildi va uning qo'lini ko'tardi”,

“Men Floydni yoqtirmayman, biroq men ham uni g'alaba qilgan deya hisoblayman”,- kabi muxlislarning izohlarini uchratish mumkin.

Amerikalik ushbu mag'lubiyatdan so'ng amakisi Rojerga boshqa hech qachon mag'lubiyatga uchramasligini aytadi. Haqiqatan mana shu uning faoliyatidagi eng oxirgi muvaffaqiyacizligi bo'ldi. Uch oydan so'ng Meyvezer professionalga aylandi, 50 g'alaba va hech qanday mag'lubiyat yo'q, eng yaxshi bokschi unvoni, dunyodagi eng ko'p maosh oladigan sportchi va boshqa ko'plab yutuqlarga erishdi. Kim biladi, agar Floydga Atlanta-1996 olimpiadasida nohaqlik qilinmaganida edi, uning professional boksdagi faoliyati qanday bo'lardi.


Sports.ru saytida asosida Ozoda Qayumova tayyorladi



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: