Bungacha olamsport.com sayti orqali Olimpiadada qatnashadigan o'zbekistonlik sportchilarning imkoniyatlariga bag'ishlangan maqolani etiboringizga havola qilgandik.
Bugun esa o'zbek sportchilari ishtirok etadigan yo'nalishlarda medallar uchun asosiy davogarlar haqida gaplashamiz.
Eng avvalo musobaqada yurtimiz sharafini himoya qiladigan sportchilar ro'yxatini yana bir bor yodingizga solib o'tsak:
Boks (11 ta):
-52 kg: SHahobiddin Zoirov
-57 kg: Mirazizbek Mirzahalilov
-63 kg: Elnur Abduraimov
-69 kg: Bobousmon Baturov
-75 kg: Fanat Qahramonov
-81 kg: Dilshod Ro'zmetov
-91 kg: Sanjar Tursunov
+91 kg: Bahodir Jalolov
-51 kg: Tursunoy Rahimova
-60 kg: Rayhona Qodirova
-69 kg: SHahnoza Yunusova
Erkin kurash (4 ta):
-57 kg: G'ulomjon Abdullaev
-74 kg: Bekzod Abdurahmonov
-86 kg: Javrail SHapiev
-97 kg: Magomed Ibragimov
Yunon-rum kurashi (4 ta):
-60 kg: Elmurat Tasmuradov
-77 kg: Jalgasbay Berdimuratov
-87 kg: Rustam Assakalov
-130 kg: Mo'minjon Abdullaev
Taekvondo (4 ta):
-68 kg: Ulug'bek Rashitov
-80 kg: Nikita Rafalovich
-67 kg: Nigora Tursunqulova
+67 kg: Svetlana Osipova
Og'ir atletika (4 ta):
-67 kg: Adhamjon Ergashev
-109 kg: Akbar Jo'raev
-55 kg: Muattar Nabieva
-76 kg: Kumushxon Fayzullaeva
Qilichbozlik (3 ta):
SHpaga, ayollar: Malika Hakimova
Sablya, ayollar: Zaynab Dayibekova
Sablya, erkaklar: SHerzod Mamutov
Engil atletika (7 ta):
Balandlikka sakrash, ayollar: Svetlana Radzivil
Balandlikka sakrash, ayollar: Safina Sadullaeva
Bosqon uloqtirish, erkaklar: Suhrob Xo'jaev
Uzunlikka sakrash, ayollar: Darya Reznichenko
Uch hatlab sakrash, ayollar: Roksana Xudoyorova
Uch hatlab sakrash, erkaklar: Ruslan Kurbanov
Ko'pkurash, ayollar, Ekaterina Voronina
Dzyudo (11 ta):
-60 kg: SHarofiddin Lutfillaev
-66 kg: Sardor Nurillaev
-73 kg: Hikmatilloh To'raev
-81 kg: SHarofiddin Boltaboev
-90 kg: Davlat Bobonov
-100 kg: Muhammadkarim Xurramov
+100 kg: Bekmurod Oltiboev
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-63 kg: Farangiz Hojieva
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
Aralash jamoaviy musobaqa
Suzish (2 ta):
100 m, erkin suzish: Xurshidjon Tursunov
50 m, erkin suzish: Natalya Kritinina
Kanoeda eshkak eshish (4 ta):
S-2 500 metr: Dilnoza Rahmatova
S-2 500 metr: Nilufar Zokirova
S-1 200 metr: Dilnoza Rahmatova
S-1 200 metr: Nilufar Zokirova
Akademik eshkak eshish (2 ta):
LMX2X, 2000 metr: Sobir Safaraliev
LMX2X, 2000 metr: SHahboz Xolmirzaev
Sport gimnastikasi (2ta):
Yakkalik dastur: Rasuljon Abdurahimov
Yakkalik dastur: Oksana CHusovitina
Badiiy gimnastika (6 ta)
Ko'pkurash: Sabina Tashkenbaeva
Guruh mashqi: (Nilufar SHomurodova, Kseniya Aleksandrova, Dinara Ravshanbekova, Sevara Safoeva, Kamola Irnazarova)
O'q otish sporti (2 ta):
10 m, miltiq: Muxtasar Tohirova
50 m, miltiqdan 3 holatda: Muxtasar Tohirova
Velosport (2ta):
Guruh poygasi, erkaklar: Murodjon Xolmurodov
Guruh poygasi, ayollar: Olga Zabelinskaya
Zamonaviy beshkurash (2ta):
Yakkalik, erkaklar: Aleksandr Savkin
Yakkalik, ayollar: Alise Faxrutdinova
Tennis (1 ta):
Yakkalik, erkaklar: Denis Istomin
Endi esa o'zbekistonlik sportchilarning imkoniyatlari va ushbu yo'nalishda medallar uchun davogarlik qiladigan sportchilar haqida.
Engil atletika. Tan olish lozim, O'zbekistonlik engil atletikachilar Olimpiadada xech qachon favorit bo'lishmagan. Osiyo miqyosida esa atletlarimiz bazi yo'nalishlarda etakchi hisoblanishadi. Umumiy olib qaraganda, engil atletikada AQSH, Xitoy va kuchli sprinterlari bor Yamayka, Keniya kabi mamlakatlar kuchli. Ayni paytda O'zbekiston engil atletika federaciyasidagi muhitni inobatga olsak, engil atletikada medaldan umid qilmasak ham bo'ladi. Bizdagi malumotlarga qaraganda, engil atletikachilarda tashkiliy masalalar bilan bog'liq muammolar yuzaga kelgan. Ammo, bu haqida hozircha yozib o'tirmoqchi emasmiz. Tokioda faqatgina mo'jiza engil atletikachilarimizga bronza medalini taqdim etib qolishi mumkin.
Taxmin: medal yo'q
Boks. O'zbekiston delegaciyasining eng asosiy umidi shubhasiz bokschilardan. CHarm qo'lqop ustalarimiz 11 nafar sportchi bilan Olimpiadada qatnashishadi. Ularning 8 nafari erkaklar, 3 nafari esa ayollar o'rtasida bahslarga kirishadi. O'zbekiston boks bahslarida favorit. Yigitlarimizga Kuba, Qozog'iston, Rossiya, Britaniya vakillari halal berishga urinishadi. Qizlarimiz esa kuchli istak va shijoat evaziga medal uchun urinib ko'rishlari mumkin bo'ladi. Ammo bu ham qiyin masala.
Taxmin: 2 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza.
Kanoeda eshkak eshish. Ushbu sport turida Osiyoda etakchilardan biri hisoblanamiz. Ammo jahon miqyosida Evropa mamlakatlari medallar uchun davogarlik qilishadi. Favoritlar - Vengriya, Ispaniya, Germaniya. Bu safar Olimpiya o'yinlarida Dilnoza Rahmatova va Nilufar Zokirova ikkita yo'nalishda yurtimiz sharafini himoya qilishadi. Optimistik ruxda taxmin bildiradigan bo'lsak, ulardan bitta bronza medalini kutish mumkin. Ammo qizlarimizning hozirda qanday formada ekanligini bilmaymiz, shunday bo'lsada, medalga ilinishdan umid qilamiz.
Taxmin: 1 ta bronza
Akademik eshkak eshish. Juftlik bahslarida bittagina licenziyamiz bor. Sobir Safaraliev - SHaxboz Xolmirzaev tandemi medal uchun harakat qilib ko'radi. Lekin, "akademik"lar o'rtasidagi kurash asosan Britaniya. Germaniya, Avstraliya vakillari o'rtasida kechsa kerak
Taxmin: medal yo'q
Velosport. Olga Zabelinskaya nima uchun O'zbekiston terma jamoasiga olib kelindi? Albatta Olimpiya o'yinlarida natija ko'rsatish uchun. Bu yo'lda unga AQSH, Niderlandiya kabi mamlakat sportchilari raqobat qilishadi. Murodjon Xolmurodovga esa juda qiyin bo'ladi. Zabelinskayadan kamida bronza medali kutamiz.
Taxmin: 1 ta bronza
Qilichbozlik. Uch nafar sportchi bilan qatnashamiz. Avval ham takidlanganidek qilichbozlikda Koreya, Rossiya, Yaponiya, Franciya va Italiya vakillari etakchi. Agar qura omadli kelsa, Zaynab Dayibekova va SHerzod Mamutovdan nimadir kutishimiz mumkin. Ammo, lekin, biroq...
Taxmin: medal yo'q
Gimnastika. Sport gimnastikasida Oksana CHusovitina va Rasuljon Abduhakimov bahslarda qatnashishadi. Oksana CHusovitinani medallar uchun kurashishini kutamiz. Faoliyatini vatan uchun qo'lga kiritilgan Olimpiya o'yinlari medali bilan tugatish juda ajoyib bo'lardi. Ammo amerikalik Simona Baylz, shuningdek Rossiya va Niderlandiyalik bir necha sportchilar unga halal berishadi.
Badiiy gimnastikachilarimiz ciklning asosiy qismini Rossiyada mashg'ulotlarda qatnashib o'tkazishdi. Rossiyalik badiiy gimnastikachilar doim favorit hisoblanishadi. Axir rus dugonalaridan nimadir o'rganishgandir? :)
Taxmin: medal yo'q
Dzyudo. Delegaciyamiz uchun dastlabki medallarni aynan dzyudochi polvonlarimizdan kutamiz. Hozir 11 toifada aynan qaysi sportchimiz medal qo'lga kiritishi haqida biror nima deyin qiyin. Ko'p jihatdan quraga ko'p narsa bog'liq. Dzyudoda shubhasiz mezbon yaponiyaliklar birinchi raqamli favorit. SHuningdek Franciya, Rossiya, Gruziya vakillari ham kuchli. SHuningdek turli mamlakatlarda mahalliylashtirilgan gruzin dzyudochilardan ham ehtiyot bo'lish lozim.
Taxmin: 1 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza
Zamonaviy beshkurash. Ushbu sport turida ilk marotaba qatnashamiz. Mazkur yo'nalishda ikki nafar legioner sportchi Aleksandr Savkin va Alise Faxrutdinova O'zbekiston sharafini himoya qiladi. Rio Olimpiadasida Avstraliya va Rossiya vakillari oltin medalni qo'lga kiritishgan ekan. Bu safar ham rossiyaliklar medal uchun kurashishadi.
Taxmin: medal yo'q
O'q otish. Yosh Muxtasar Toxirova ikki yo'nalishda bahslarda qatnashadi. Bu Olimpiada Toxirova uchun yaxshigina tajriba vazifasini bajarishi aniq. Medallar uchun asosiy kurash esa Italiya, Germaniya, Xitoy kabi mamlakatlar orasida kechadi.
Taxmin: medal yo'q
Suzish. Agar O'zbekiston suzish federaciyasi kvalifikacion musobaqa natijalarni soxtalashtirgani fosh bo'lib qolmaganida ko'proq ishtirokchilarimiz Tokioga borib "muzqaymoq eb kelish" imkoniyatiga ega bo'lishardi. Baxtga qarshi, barchasi yuzaga chiqib qoldi va O'zbekistonda o'tkazilgan licenzion musobaqalarning barcha natijalari bekor qilindi. SHunday bo'lsada, Xalqaro suzish federaciyasi tomonidan savob uchun ikkita yo'nalish taqdim etilgan. Ushbu ikki nafar sportchimizga esa faqat va faqat omad tilaymiz. Bundan boshqa narsa ularga yordam berishi qiyin.
Taxmin: medal yo'q
Taekvondo. To'rtta licenziyamiz bor. Olimpiadada taekvondo vaznlarida ishtirokchilar kam. Ana shu jihat bizga yordam berishi mumkin. Bazi yo'nalishlarda bahslar chorak finaldan boshlanadi. Birinchi g'alaba yarim finalga olib chiqsa, ikkinchi g'alaba finalni kafolatlaydi. Taekvondoda yarim final egalari bronzani naqd qila olishmaydi. SHu sababli, bor etiborni jamlab, kamida ikkita g'alabani o'ylayverish kerak. Taekvondoda Janubiy Koreya, Ozarbayjon, Britaniya, Kot D'Ivuar sportchilaridan ehtiyot bo'lish lozim. Quraga ko'p narsa bog'liq.
Taxmin: 2 ta bronza
Tennis. Ko'plab jahon yulduzlari Olimpiadada ishtirok etishdan voz kechishmoqda. Ammo, Jokovich, Medvedev, Cicipas, Zverev kabi yulduzlar bor ekan, Istomindan faqatgina uzoqroqqa borishni kutishimiz mumkin. Agar Istominning individual mahorati evaziga licenziya qo'lga kiritilmaganida, bugungi maqolamizda tennis haqida umuman gap-so'z bo'lmasdi. O'zbek tennisi jar yoqasiga kelib qolgani alohida mavzu.
Taxmin: medal yo'q
Og'ir atletika. Adham Ergashev va Akbar Jo'raevda medal uchun yaxshi imkoniyat bor. Ergashevning vaznida Xitoy va Kolumbiya, Jo'raevning vaznida esa Armaniston, Eron, Polsha vakillari medal uchun kurashishadi. Qolgan ikki nafar qizimizda esa past bo'lsada imkoniyat bor. Bronza uchun kurashib ko'rsa bo'ladi.
Taxmin: 1 ta kumush, 1 ta bronza
Sport kurashlari. Erkin va yunon-rum kurashchilarimizdan ham Tokioda ko'p narsa kutamiz Ayniqsa "volnik"larimiz o'zlarini ko'rsatishlari lozim. Bekzod Abdurahmonov, Magomed Ibragimov, "klassik"larda esa Tasmuradovdan umid katta. Kurashda Rossiya, Eron, Gruziya, Kuba va MDHning boshqa mamlakatlari kuchli hisoblanishadi.
Taxmin: 1 ta oltin, 2 ta bronza.
Yakuniy optimistik taxmin:
Oltin: 4
Kumush: 2
Bronza: 10
Eslatib o'tamiz, Olimpiya o'yinlari 24 iyuldan 8 avgustga qadar davom etadi. O'yinlarning ochilish marosimi esa 23 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi. Avvalroq Milliy olimpiya qo'mitasi ochilish marosimida Oksana CHusovitina va Bobousmon Baturovning bayroqdor bo'lishi haqida elon qilgandi.
O'yinlarning asosiy qismi "Sport TV" orqali, shuningdek "Toshkent" hamda "Dunyo bo'ylab" telekanallari orqali translyaciya qilinishi kutilmoqda.
51 yoshli sobiq jahon chempioni faoliyatini qayta tikladi. Bokschi 16 yil umrini qamoqda o'tkazgan