SportUz.Net
photo photo

Lionel Messi La Ligada o‘z rekordini yaxshiladi. U Ronaldu, Roberto Karlos va Ronaldinyoni ortda qoldirmoqda

08.02.2021 13:30    


Rasmni yuklab olish

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi La Liga 22-turi doirasida 31 yanvar kuni «Atletik Bilbao»ga qarshi bahsda (2:1) jarima zarbasidan gol urdi.

Bu Messi uchun La Ligada jarimadan urilgan 38-gol bo‘ldi. Argentinalik futbolchi bu borada Ispaniya chempionatining so‘nggi 25 yillikdagi eng yaxshi natijasini qayd etmoqda. Uning 403 urinishidan 9,43 foizi muvaffaqiyatli chiqqan.

Ikkinchi o‘rinda «Real» sobiq hujumchisi Krishtianu Ronaldu bormoqda — 19 ta gol (310; 6,13%), uchinchi pog‘onadan madridliklarning yana bir sobiq futbolchisi Roberto Karlos (16; 382; 4,19%) joy olgan bo‘ldi, «Barselona» sobiq yarim himoyachisi Ronaldinyo (15; 205; 7,32%) to‘rtinchi bo‘lgan.

Shuningdek, bu Messi faoliyatidagi jarimadan kiritilgan 55-gol bo‘ldi. Futbolchi uning 49 tasini katalonlar safida urgan bo‘lsa, yana 6 tasi Argentina terma jamoasi safida qayd etilgan.

34 yoshli futbolchi so‘nggi 4 urinishdan ikkitasida jarima zarbasini golga aylantirdi. Bunga qadar u 70 ta urinishda bitta gol urgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: