SportUz.Net
photo photo

«Oltin to‘p» uchun kurashda Messi 1-o‘ringa ko‘tarildi, Ronaldu esa...

05.07.2021 23:31    


Rasmni yuklab olish

Goal.com nashri 2021 yilgi «Oltin to‘p» uchun kurashda da’vogarlar reytingini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, "Barselona" hujumchisi Lionel Messi birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Argentinalik futbolchi bir oy avvalgi reytingda 5-pog‘onani egallab turgandi. Amerika kubogidagi muvaffaqiyatli yurish tufayli Messi peshqadamlikni o‘zida saqlab turgan Ngolo Kanteni 3-o‘ringa tushirib yubordi.

Yangi reytingda ikkinchi o‘rinni Robert Levandovski («Bavariya», Polsha) egallab turgan bo‘lsa, «Inter» klubi va Belgiya terma jamoasi hujumchisi Romelu Lukaku to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi. Kilian Mbappe («PSJ», Fransiya) esa kuchli beshlikka kirdi.

"Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu ro‘yxatdagi o‘z o‘rnini o‘zgartirmadi — 7-pog‘ona.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: