SportUz.Net
photo photo

Islam Maxachev aslida kim? Nega Xabibning vorisiga qarshi hech kim jang qilishni istamayapti?

08.02.2021 12:35    


Rasmni yuklab olish

Islam Maxachev aslida kim?

- Islam Maxachev 29 yoshda. Natijasi: 18 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat. UFC (7-1).

- Engil vazn toifasida UFC reytingining 13-raqamli jangchisi.

Islam Xabibning jamoadoshi hisoblanadi. 16 yoshidan boshlab Xabibning otasi Abdulmanap Nurmagomedov qo'l ostida shug'ullangan.

19 yoshidan boshlab MMAda professional tarzda shug'ullanib keladi. 2015 yilda esa UFC bilan shartnoma imzoladi.

Havaskorlar o'rtasida sambo sport turi bo'yicha jahon chempioni.

Islamning yagona mag'lubiyati...

Islamning Xabibdan farqi uning mag'lubiyati borligidadir. UFC'dagi ikkinchi jangida Islam Adriano Martinsga qarshi oktagonga ko'tarilgan. Islam bir necha bor kuchli va aniq zarbalar yo'lladi va to'qnashuvda ustunlikka egalik qilayotgan vaqtida bitta zarbani qabul qilib oladi va nokautga uchradi. Bu uning faoliyatidagi ilk va hozircha yagona mag'lubiyati hisoblanadi.

Doping mojarosi

2016 yilning aprel oyida Islamning qonidan taqiqlangan meldoniy moddasi chiqadi. SHundan so'ng Islam jangdan olindi va diskvalifikaciya qilinadi. Biroq uning jamoasi Islamni meldoniyni taqiqlanishdan avval istemol qilganini isbotladi va uning dislifikaciyasini bekor qilishdi. SHu tariqa, Maxachev 4 oydan so'ng yana oktagonga ko'tarildi.

Xabibning Konorga qarshi jangdan so'ng janjalga aralashgan

Islam Xabib va Konor jangidan so'ng bo'lgan voqealarda faol ishtirok etgan deb aytilmaydi. Biroq aslida Islam ham Xabibning boshqa jamoadoshlari singari jangdan so'ng boshlangan urishda faol ishtirok etgan. U Dellion Denisning oldiga etib borgan va kamida ikki marta kuchli zarba yo'llashga erishgan. Biroq uni UFC hech qanday jarimaga tortmadi...

Nega unga qarshi jang qilishni istashmayapti?

Islam Xabib jang qilgan oqshomda dos Anosga qarshi oktagonga ko'tarilishi lozim edi, biroq braziliyalik sobiq chempion koronavirusga chalinganligi sababli jang bekor bo'ldi. SHundan so'ng UFC va Xabib tezlik bilan yangi raqib topishga harakat qildi. Islamga qarshi jang qilish uchun Maykl CHendler nomzodi ilgari surildi, biroq "Bellator" sobiq chempioni YO'Q dedi. Keyin Toniga gonorardan tashqari ikki yuz ming dollar taklif qilindi va yana rad javobi bo'ldi. Raqibsiz qolgan Maxachev 14 noyabr kuni eski raqibi Rafaelga qarshi oktagonga ko'tarilishi lozim edi, biroq endi Islamning jarohati bu bahsning tashkil etilishiga qarshilik qildi.

Xabib nega kamardan voz kechmadi?

Xabib Getjiga qarshi jangdan so'ng faoliyatini yakunlaganini elon qildi. Biroq kamar hali ham Xabibda qolmoqda. Nega? CHunki Xabib o'zi bir necha bor Maxachevni o'zidan keyingi engil vazn UFC qiroli deb atadi va chempionlik uchun bormagagunga qadar kamarni bermasligini malum qilgandi.


Nig'monxo'ja Nozimov tayyorladi



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: