SportUz.Net
photo photo

"Go'zal, betakror, latofatli": Sabina Altinbekovani yaqindan bilasizmi? (+FOTO)

25.05.2021 14:34    


Rasmni yuklab olish

Xolid Husayniy "Tog'lar ham sado beradi" asarida shunday fikrni o'rtaga tashlagan: "CHiroy - telba-teskari, tasodifiy beriladigan ulkan va o'rinsiz tuhfa".

Darhaqiqat, go'zallik kimlarning boshiga ofat olib kelsa, yana kimlarnidir omadli qiladi. Sport olamida ham shunday sportchilar borki, faoliyati yoki natijalari emas, ko'proq tashqi ko'rinishi bilan etiborni jalb qiladi. "olamsport.com" ijodkorlari shunday atletlar haqida malumot berib borishga ixtisoslashgan yangi rukn boshlashdi. 

Demak, bizni kuzatishda davom eting! Ilk mehmonimiz voleybol malikasi.  

Sabina Altinbekova — qozog'izstonlik voleybolchi, Qozog'iston terma jamoasi azosi.

U 1996 yilning kuzida Aktobe shahrida tug'ilgan. Uning xalqaro maydondagi mashhurligi 2012 yilda boshlandi. Xitoyning Taybze provinciyasida o'tkazilgan 19 yoshgacha bo'lgan qizlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etgan Sabina turnirning eng go'zal voleybolchisi deb topildi. Bo'yi — 180 sm, oyoqlarining uzunligi 120 sm, og'irligi esa 60 kg bo'lgan Altinbekova musobaqa davomida Xitoy Taypeyi, Yaponiya, Ukraina, Ispaniya singari malakatlar televideniesining asosiy nishoniga aylanib qoldi. Unga bag'ishlangan ko'plab reportajlar, ko'rsatuvlar tayyorlandi. Osiyolik jurnalistlar Sabina yapon multiplikaciyasining qahramoniga o'xshashiga alohida urg'u berishdi...

Qozog'istonlik voleybolchining sportdagi yutuqlari ham chakki emas. U 19 yoshidayoq legionerga aylanib, Tokioning "GSS Sunbeams" jamoasi libosini kiydi. Yaponiya chempionatidan tashqari u 2019-20 yillarda BAAning "Al Vasl" klubi sharafini himoya qildi. 

SHundan keyin faoliyatini Evropa bilan bog'lash maqsadida Italiyaning "Kazerta" jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Ammo, Sabinaga bu klub safida debyut qilish nasib etmadi (italyan jamoasining moliyaviy muammolari sababli). So'nggi malumotlarga qaraganda, Qozog'iston voleybolining bugungi yuzi faoliyatini yana BAAda davom ettirar ekan.

Darvoqe, Altinbekovaning shaxsiy hayoti har doim muhokama markazida bo'lib kelgan. Bu mish-mishlarning bir qismi 2020 yilning 25 dekabrida u turmushga chiqishi bilan nihoya topdi. Ammo, Sabina hamon Qozog'istonda ijtimoiy tarmoqlarning asosiy yulduzi hisoblanadi.

F.R. tayyorladi



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: