WhoScored portali Angliya premyer-ligasining yakunlangan mavsumining ramziy jamoasini e’lon qildi.
"Tottenxem Xotspur" hujumchisi Xarri Keyn 7,8 ball to‘plagan holda mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Angliyalik futbolchi APLning eng yaxshi to‘purari (23 gol) va eng yaxshi assistenti (14) deya e’tirof etilgan.
Eng yaxshi futbolchi sovrini uchun kurashda "Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne egalladi.
Mavsumda 22ta gol muallifiga aylangan "Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh ramziy jamoaga kiritilmadi.
APL-2020/2021 ramziy jamoasi:
Darvozabon: Martines ("Aston Villa")
Himoyachilar: Van-Bissaka, Maguayr ("Manchester Yunayted"), Tarkovski ("Byornli"), Kanselu
Yarim himoyachilar: Mahrez, De Bryoyne ("Manchester Siti"), Fernandesh ("Manchester Yunayted"), Grilish ("Aston Villa")
Hujumchilar: Keyn ("Tottenxem Xotspur"), Uotkins ("Aston Villa").
Abbosxonning Gulistondagi jangi durang bilan yakunlandi. Barcha natijalar bilan tanishing!
G'ofur Rahimov, Muhammadqodir Abdullaev yoxud Gulistondagi boks oqshomidan ilk FOTOREPORTAJ