SportUz.Net
photo photo

Ronaldu 30ga to‘lganidan keyin 300-golini urdi

08.02.2021 12:30    


Rasmni yuklab olish

Italiya chempionatining 21-turi doirasida Turin shahrida «Yuventus» va «Roma» jamoalari to‘qnash kelishmoqda. Uchrashuvning ikkinchi bo‘limi hozirgina boshlandi.

Bahsning 13-daqiqada esa mezbonlar hisobni ochishdi. Krishtianu Ronaldu jarima maydoni chizig‘i ustida chap oyoqda zarba berib, "Roma" darvozasini ishg‘ol qildi.

Portugaliyalik futbolchi uchun mazkur gol A seriyaning joriy mavsumidagi 16-gol bo‘ldi. Yevropaning top-5 chempionatlarida faqat bir futbolchi — Robert Levandovski unga nisbatan ko‘proq gol urga (24).

B/R Football tarqatgan xabarga ko‘ra, Ronaldu 30 yoshga to‘lganidan keyin so‘nggi 6 yil davomida urgan gollari soni 300taga yetgan:

Ronaldu 30 yoshgacha — 463 gol (718 o‘yinda);

Ronaldu 30 yoshdan keyin — 300 gol (326 o‘yinda).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: