SportUz.Net
photo photo

Xotira va qadrlash kuniga bag'ishlab o'tkazilgan polo musobaqasidan FOTOREPORTAJ

11.05.2021 12:52    


Rasmni yuklab olish

9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bir qator xayrli tadbirlar o'tkazilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil PP-5024 “O'zbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini rivojlantirish hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turini ommalashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori ijrosini taminlash maqsadida mamlakat polo federaciyasi Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi “Universal jamping agro” ot sporti klubida  bayram tadbirini o'tkazdi.

 Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o'tkazilgan bayram tadbirida harbiy texnikalar namoyishi ham bo'lib o'tdi. Dala oshxonasi faoliyatidan yig'ilganlar bahramand bo'ldilar.

Mudofaa vazirligi harbiy ansambli artistlari ijrosida urush yillarida aytilgan qo'shiqlar ijro etildi. Tadbirga tashrif buyurgan faxriylarga Qibray tumani hokimiyati, Polo federaciyasi, “Bogatir” shirinlik mahsulotlari tomonidan sovg'alar hadya etildi.

Yig'ilganlar Ohangaron tumanining “Oltin qanot” hamda Toshkent tumanining “Bayir” jamoalari o'rtasida bo'lib o'tgan uloq-ko'pkari bahslarini hayajon ila kuzatdilar.

So'ngra polo bo'yicha final bahslari  bo'lib o'tdi. Qashqadaryolik chavandozlar va “Universal jamping agro” o'rtasida kechgan o'yin 7:0 hisobida qashqadaryoliklar foydasiga hal bo'ldi. So'nggi o'rin Zangiota tumani jamoasiga nasib etdi.

Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: