«Manchester Yunayted» hujumchisi Edinson Kavani Yevropa chempionlar ligasi yarim final bosqichidan o‘rin olgan «Roma»ga qarshi o‘yinda 2ta gol urdi va 2ta golga uzatma berdi. 29 aprel kuni «Old Trafford»da o‘tkazilgan bahsda mezbonlar 6:2 hisobida g‘alaba qozonishdi.
"Opta" tarqatgan xabarga ko‘ra, urugvaylik futbolchi YECHL yoki Yevropa ligasi musobaqalarining bitta o‘yinida 2ta gol va 2ta assist muallifiga aylangan eng yoshi katta o‘yinchiga aylandi. Kecha Kavani 34 yoshu 74 kunlik edi. Bu orqali Edinson «Bavariya» hujumchisi Robert Levandovskiga tegishli rekord (31 yoshu 353 kunlik)ni yangiladi.
Ramazon Temirov UFC bonusini qo'lga kiritgan to'rtinchi o'zbekistonlik jangchi bo'ldi