
"London Football Awards" versiyasi bo‘yicha Angliya chempionatining joriy mavsumdagi eng yaxshilari e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn APLning ushbu mavsumidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 27 yoshli futbolchi chempionat doirasida 30ta bahsda maydonga tushib, ularda 21ta gol urdi va 13ta assist muallifiga aylandi.
Ushbu sovrin uchun kurashda Keyn jamoadoshi Son Xyong Min, "Chelsi" yarim himoyachisi Meyson Maunt va "Vest Xem" a’zolari — Deklan Rays va Tomash Souchekni ortda qoldirdi.
Rays va Maunt, shuningdek, mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi sovriniga da’vogarlik qilishdi, ammo bu sovrin "Arsenal" yarim himoyachisi Bukayo Sakaga nasib etdi.
"Vest Xem" a’zolari esa 2ta sovringa ega chiqishdi: Devid Moyes — eng yaxsh murabbiy, Lukash Fabianski — eng yaxshi darvozabon.
SHohjahon Ergashev hind bokschisiga qarshi ringga chiqadigan boks oqshomining to'liq kardi malum
Alan Pikasso Naoya Inouedan qabul qilgan faoliyatidagi ilk mag'lubiyatiga izoh berdi
UAE Warriors chempioni Xotambek Boynazarov Mangu MMA bilan shartnoma imzoladi (POSTER)